3.Uyali telefon aloqalari uchun viruslarni izohlang.
4.Vaksina dasturlarga nimalar kiradi?
Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan katta hajmda bo’lmagan dastur bo’lib, boshqa dasturlarga o’zini yozib qo’yishi mumkin hamda kompyuterda istamaydigan har xil harakatlarni bajaradi. Tarkibida virus mavjud bo’lgan dasturni “kasallagan” deb atashadi. Bunday dastur ish boshlaganda birinchi qoida bo’yicha boshqaruvga virus ega bo’ladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va kasallaydi yoki biron-bir yovuz funktciyalarni bajaradi: fayllarni diskdagi fayllar joylashish jadvalini buzadi, operativ xotirani “axlat” dan to’ldiradi, tashqi qurilmaga murojaaat manzillarini o’zgartiradi va hokazo. Bundan tashqari “kasallangan” dasturlar disketa yoki mahalliy tarmoq yordamida boshqa kompyuterga o’tkazilishi mumkin. Hozirgi kunda 90 mingdan ortiq viruslar mavjud. Shartli ravishda ularni quyida belgilarga qarab sinflarga bo’lamiz.
Yashash muhitiga ko’ra:
-tarmoqli, kompyuter tarmoqlari bo’ylab tarqaluvchan;
-faylli, bajariladigan faylga kirib oluvchi;
-yuklanuvchi, qattiq disk yoki disketa yuklanuvchi sektorlariga kirib oluvchi.
Kasallanishi bo’yicha:
-rezident, ShK xotirasiga yuklanuvchi;
-norezident, ShK xotirasini kasallamaydi va chekli vaqtda faol bo’ladi.
Imkoniyati bo’yicha:
-zarar etkazmaydigan ShK ishiga ta`sir etmaydi;
-xavfsiz, grafik, tuvush yoki boshqa effektlar va diskda bo’sh xotirani kamaytirish bilan cheklanuvchi;
-xavfli ,ShK ishini jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin;
-juda xavfli, ular dasturlarni yo’qotilishiga, ma`lumotlarni yo’qotishi, tizimli xotira hududidagi informatciyani o’chirishi va hatto preferik qurilmalarni muddatidan oldin ishdan chiqarishiga olib kelishi mumkin.
Berilgan bu sinflanish albatta barcha viruslarni birlashtirmaydi, masalan, CMOS-viruslar yoki Microsoft Word muxitida “jon saqlaydigan” strukturaga o’xshagan viruslar. Bundan tashqari, shunday dasturlar uchraydiki ular viruslarning barcha xususiyatlariga ega emas, lekin jiddiy xavfni ketiradi (“troyan otlari” va hokazo).
Viruslarga qarshi kurashish uchun maxsus antivirus dasturlarini qo’llaymiz. Ularni bir necha turlarga ajratish mumkin:
-virus bilan kasallangan fayllarni aniqlaydigan detektor-dasturlar. Detektor ishi u yoki bu ma`lum bo’lgan virusga tegishli kod hududini qidirishga asoslangan. Afsuski, detektorlar “yangi” viruslarni aniqlashga kafolat bermaydi, ammo ularning ba`zilarida bu uchun muaxsus vositalar kiritilgan. Eng mashhur detektorlar-VirusScan, NetScan/
-shifokor-dasturlar kasallangan dastur yoki disklarni virus tanasini yo’qotish orqali “davolaydi”. Bunda sizning informatsiyangiz yo’qolishi mumkin, chunki ba`zi viruslar “jon saqlaydigan” hududni shu qadar buzishadiki unda qayta tiklashni amalga oshirib bo’lmaydi.
-revizor-dasturlar birinchi navbatda dasturlar va tizimli disk hududlar to’g’risida informatciyani eslabqoladi, so’ngra ularning holatlarini oldingisi bilan tekshiradi. Nomoslikni topganda esa foydalanuvchiga xabar uzatadi. Bu dasturlarning ishi nazorat summasini hisoblash yo’li va revizorni birinchi hisoblashidan so’ng etaloni bilan fayllar butunligini tekshirishga asoslangan. Shunday viruslarni yaratish yoki viruslar uchraydiki ular kasallatgan payt fayl barcha baytlarini yig’ishda an`anaviy yo’l bilan hisoblangan nazorat summasini o’zgartirmaydi, ammo oldindan aniq bo’lmagan sxemada (masalan, juft baytlar qo’shimcha 2 ga ko’paytiriladi) ixtiyoriy tartibda hisoblash olib borilsa fayl o’zgarganininiqoblashning umuman iloji yo’q hamda ikki va undan ortiq hisoblangan summalarni ishlatishda niqoblashning qariyb umuman iloji yo’q;
-shifokor-revizor-bu shunday dasturlarki shifokor va revizor xususiyatlarni birlashtirib, fayl va disk tizimli hududlardagi o’zgarishni aniqlay oladi vakerak bo’lganda katta o’zgarishlar holatida faylni birlamchi holatiga qaytara oladi;
-filtr-dasturlar kompyuter operativ xotirasiga rezident joylashib, viruslar kengayishi va zarar keltirishi uchun ishlatadigan operatcion tizimga beriladigan barcha murojaatlarni tutib oladi va foydalanuvchiga xabar beradi. Filtr-dasturlar virus o’zini tutish uchun xarakterli bo’lgan harakatlarini nazoratlaydi. Bu harakatlar:
* dasturiy fayllarni yangilash;
* fizik manzil bo’yicha qattiq diskka yozish (to’g’ridan-to’g’ri yozish);
* diskni formatlash;
* operativ xotiraga dasturni rezident joylashtirish.
Shunday harkatlardan birini aniqlagan filtr-dastur holatini ifodalaydi va foydalanuvchidan tasdiqni talab etadi. Foydalanuvchi operatciyaga tasdiq berishi mumkin, agarda uni kerakli dastur amalga oshirayotgan bo’lsa yoki bekor qilishi mumkin agar harakat manbaasi aniq bo’lmasa. Keng tarqalgan filtr-dasturlar FluShot Plus, Anti4Us, Floserum, DoskMonitor/
Bu juda ham ishonchli himoya metodi, ammo foydalanuvchiga bir qator noqulayliklar keltiradi.
Ba`zi antivirus funktciyalari zamonaviy BIOS versiyalarida kiritilgan.
Chiqariladigan antivirus dasturiy maxsulotlar ular esa bilasizki juda ko’p va qoida bo’yicha detektor-shifokor-revizorning asosiy funktciyalarini birlashtiradi. Aytish kerakki, antivirus dasturlar doimo yangilanib turadi. Bir oydan kam vaqtda emas va hozirgi vaqtda ma`lum bo’lgan viruslardan kompyuterni himoya qiladi.
Eng birinchi shuni ta`kidlash kerakki, kompyuterni virusdan foydalanuvchining o’zi himoya qiladi. Faqat to’g’ri va o’z vaqtida antivirus vositalarini qo’llash uni virusdan himoyalashga kafolat beradi yoki agar kasallanish ro’y berganda ham minimum zararni ta`minlaydi. ShK da ishni to’g’ri tashkil etish kerak va boshqa kompyuterlardan dasturlarni nazoratsiz o’zkazishga yo’l qo’ymaslik darkor. Bunda asosan kompyuter o’yinlari va vaqt o’tkazuvchi dasturlar nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |