Buxoro bank kolleji



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə44/83
tarix17.01.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#79429
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
ma`ruza matni

TAYANCH IBORALAR:
Viruslar, ko’rinmas viruslar, himoyalash, NOD32 , shifokor-dasturlar, himoyalash tizimi, himoyalash elementi, zararlangan disk, virus, rezident, norezident, Win 95.CIH virusi, antivirus, DrWeb, Adinf, AVP, VootCHK va Norton Antivirus, Kaspersky Security , stenografiya, shifrlash, deshifrlash, kriptografiya, simmеtriyali kriptotizim, kalit, ochiq kalit.
NAZORAT SAVOLARI:
1. Kompyuter virusi nima?
2.Viruslardan himoyalanishning qanday vositalari ishlatiladi?
3. Uyali telefon aloqalari uchun viruslarni izohlang.
4. Vaksina dasturlarga nimalar kiradi?.
5. Mc Ffee Virus Scan for Windows antivirus paketini izohlang.
6. Internetda paydo bo’lgan tekin tarqatiluvchi Screen Saver (Zastavka) haqida nimalarni bilasiz?
TOPSHIRIQLAR:
1.Kompyuter virusiga ta`rif bering.
1.Kasperskiy antivirus dasturini o’rnating.
2.Kasperskiy antivirus dasturini Internet tizimi yordamida viruslar bazasini yangilang.
ADABIYOTLAR:
1.G`aniеv S.K., Karimov M.M. Hisoblash sistеmalari va tarmoqlarida informatsiya himoyasi: O`quv qo`llanma. Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti, 2003.
2.S.K G`aniyev, M.M.Karimov, К.А. Toshev “Axborot xavfsizligi” “Axborot kommunikatsion tizimlardari xavfsizligi”, “Aloqachi” 2008 .
3.S.K G`aniyev, M.M.Karimov, К.А. Toshev “Axborot kommunikatsion tizimlardari xavfsizligi”, “Aloqachi” 2008.
www.it-study.ru
www.informatika.ru
www.edu.uz
www.ref.uz


Amaliy mashg’ulot №6
11- Mavzu: Antivirus dasturlarini o`rnatish.
1. Antivirus dasturlar bilan ishlash texnologiyasi tartibini tushuntiring.
2. Virus tushishining oldini olish chora -tadbirlari nimalardan iborat?
3. Kompyuter virus bilan kasallanganda qanday operatsiyalar bajariladi?
4. Kompyuterga tushgan viruslar xujumining oldini olishchora-tadbirlarini izohlang.
Kompyuter virusi – bu dastur kodidan iborat bo`lib, boshqa dastur, xujjat yoki axborot tashish vositasining ma`lum bir qismiga o’rnashib olib, ruxsat berilmagan o’zgartirishni amalga oshiradi.
Kompyuter viruslarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • Dastur viruslari;

  • yuklanuvchi viruslar;

  • makroviruslar.








Kompyuter viruslari safiga troyan dasturlari ham kiradi.


Dastur viruslari bu dastur kodlaridan iborat bo`lib, boshqa amaliy dasturlar tarkibiga kirishni muljallab yo’naltirilgan dasturlardir.
Amaliy dastur ishga tushirilganda u o’zining tarkibidagi virus kodini ham ishga tushiradi. Bu virus kodining ishi natijasida foydalanuvchidan yashirin tarzda kompyuter qattiq diskining fayllar sistemasiga yoki boshqa bir dasturning tarkibiga o’zgartirish kiritiladi. Masalan, virus kodi boshqa dasturning tarkibida o’zining kodini hosil qilishi mumkin. Bu protsess ko’payishi deb ataladi.
Ma`lum bir vaqt o’tgandan so’ng, dastur virusi yetarlicha sondagi nusxalarni hosil qilib bo’lgach, kompyuterni buzishga kirishadi, ya`ni operatsion sistema va dastur ishining izdan chiqishi, qattiq diskda saqlanayotgan axborotlarning o’chib ketishi va x.k.
Bu jarayon virus xujumi deb ataladi. Eng xavfli viruslar qattiq diskni formatlab yuborishi ham mumkin. Diskni formatlash uzoq vaqt talab qiladigan jarayon bo`lib, bunda foydalanuvchi sezib qolishi mumkin bo`lganligi sababli ko’pchilik xollarda virus qattiq diskning sistema sohalarini buzish bilan kifoyalanadi, chunki bu fayllar joylashuvi jadvalini yo`qotish bilan barobar. Bu xolatda qattiq diskdagi ma`lumotlar qoladi, ammo maxsus vositalarsiz ulardan foydalanib bo’lmaydi.Chunki qaysi sektorlarda qaysi fayllar joylashganligi noma`lum.
Hech qanday virus kompyuterning apparat taqsimotini ishdan chiqara olmaydi, deb hisoblashadi. Ammo shunday xollar bo`ladiki, dastur buzilishi apparat vositasini almashtirish orqali tuzatiladi.
Masalan, ko’pchilik zamonaviy kompyuterlarda BIOS qayta yoziladigan doimiy eslash qurilmalarida yozilgan. Mikrosxema flesh xotirasi axborotni qayta yozish imkoniyati borligidan ba`zi viruslar BIOS ni o’chirishda foydalanadi. Bunday xolda kompyuterning ishga yaroqsizligini tuzatish uchun yoki mikrosxemani almashtirish yoki maxsus dasturlarda BIOS ni qayta yozish kerak.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin