NOD 32 Antivirus dasturini ishga tushirish uchun: Masalalar panelidan NOD 32 antivirus yorlig`ini topib ishga tushirish .
Ochilgan oynadagi (NOD 32 Antivirus Program) menyusidagi Scarning targets punktini tanlab, u yerdan tekshirilishi kerak bo`lgan diskni belgilaymiz.
Setup bandida tekshirilishi kerak bo`lgan ob`ektlarni tanlaymiz.
Extensions tugmasi yordamida kerakli kengaytmali fayllarni tanlab, ularni antivirus dasturi yordamida tekshirish mumkin.
NOD 32 Antivirus Program oynasidagi Scan tugmasi orqali viruslarning bor-yo`qligi tekshiriladi.
Clean tugmasi orqali viruslar topiladi va davolanadi.
Dasturdan chiqish uchun Quit tugmasi bosiladi.
Kompyuter virus bilan kasallanganda (bu kasallik bo’lganligi taxmin qilinadi) quyidagi operatsiyalarni bajarish zarur:
Kompyuterni o’chirish kerak, chunki virus o’z buzish funksiyalarini davom etmasligi sabab;
Kompyuterni “etalon” (tizimli) disketa (unda operatsion tizim bajarilish fayllari va detektor-dasturlaryozilgan) orqali yuklanishini amalga oshirish zarur va virusni topish va yo’qotish uchun antivirus dasturlarini ishlatish kerak. “Etalon” disketani ishlatish muhim, chunki operatcion tizim qattiq diskdan yuklanganda ba`zi viruslar yuklanish modullaridan operativ xotiraga yuklanishi mumkin. Bunda tizimli disketa yozishdan himoyalangan bo’lishi kerak. Bu operatsiya uning korpusida joylashgan kalit (pereklyuchatel) li nakleyka yordamida (“5.25”) amalga oshirishi mumkin.
So’ngra ketma-ket vinchesterning barcha mantiqiy disklarini zarardan xalos etish kerak. Agar mantiqiy diskdagi ba`zi fayllarni tiklashni iloji bo’lmasa va ular o’chirilmasa, unda buzilmagan fayllarni boshqa mantiqiy diskka nusxalab bu diskni qayta formatlash zarur. So’ngra bu mantiqiy diskdagi barcha fayllarni teskari nusxalash va arxiv nusxalash yordamida tiklash mumkin.
Virus bilan kasallanishga qarshi profilaktika
Profilaktika asosan quyidagidan iborat:
Detektor-dastur yoki revizor-dastur yordamida tashqaridan (disketa, mahalliy tarmoq, Internet va hokazo) keluvchi informatsiyani tekshirish. Bu uchun fayllarni uzunligini emas balki uning nazorat summasini hisoblovchi dasturlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki ko’pgina viruslar kasallangan fayllarni uzunligini o’zgartirmaydi. Faylning nazorat summasi o’zgarmay qolishi esa mumkin emas.
Agar keltirilgan dasturlar disketaga arxivlangan ko’rinishida bo’lsa, ularni arxivdan chiqarib darrov tekshirish zarur va so’ngra bu fayllarni ishga jalb etish mumkin.
Juda sodda va ishonchli rezident viruslarni borligini tekshirish kompyuter xotirasida o’zgarishlarni kuzatish hisoblanadi. Masalan, o’tgan kun bilan tekshirish. Bu maqsadda maxsus dasturlarni ishlatish mumkin. Ular MS DOS boshlang’ich yuklanishida bajariladigan autoexec.bat buyruq fayliga yoziladi. Bu yerda Adinf dasturi mos tanlov bo’lib, u DOS xizmatlarisiz diskdan informatsiyani o’qiy oladi, shu sabab hech qaysi “ko’rinmas” virus ham alday olmaydi. Bu tekshirish vaqtini qisqartiradi, chunki faqat yangi paydo bo’lgan va o’zgargan fayllarni tekshirish talab etiladi.