TAYANCH IBORALAR:
Xavf – xatar, axborot himoyasi, xuquqiy ta'minot, huquqiy mе'yor, xuquqiy boshqarish, ma`muriy tadbirlar, tijorat siri, parol, testlash, supеrvizor.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Axborot xavfsizligi sohasida xuquqiy boshqarish deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti deganda nimani tushunasiz?
3. Axborot xavfsizligining tashkiliy tadbirlariga nimalar kiradi?
4. Axborotni himoya qilishning tashkiliy choralariga oid tadbirlarda nimalar ko`zda tutilgan?
5. Axborot xavfsizligining ma'muriy tadbirlariga nimalar kiradi?
6. Axborot xavfsizligi ma'muriyatining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
ADABIYOTLAR:
1. G`aniеv S.K., Karimov M.M. Hisoblash sistеmalari va tarmoqlarida informatsiya himoyasi: o`quv qo`llanma. Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti, 2003.
2.S.K G`aniyev, M.M.Karimov, К.А. Toshev “Axborot xavfsizligi” “Axborot kommunikatsion tizimlardari xavfsizligi”, “Aloqachi” 2008 .
3. www.ziyonet.uz
4. www.intuit.ru
5.www.criptograf.ru
Amaliy mashg’ulot №2
5- Mavzu. Axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy ma`muriy- huquqiy hujjatlarni o`rganish.
1. O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini izohlang.
2.Elektron imzo deganda nimani tushunasiz?
3.Elektron xujjat almashinish deganda nimani tushunasiz?
Kompyutsrdan faqatgina axborotni qayta ishlash maqsadida emas, tezkor kommunikatsiya (aloqa) vositasi - elektron yoki telefaks aloqa sifatida ham keng foydalanilmoqda. Bugungi kunga kelib, jamiyatning ko’pgina sohalarida axborot kommunikatsion texnologayalari (AKT) dan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda.
Axborot almashinuvi va ish yuritishning elektron shakliga o’tish elektron davlatni yaratish asoslaridandir. Buning natijasida axborotni uzatish va qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish (qayd etish, saqlash) va qayta ishlash jarayonlari tezlashadi va sifati oshadi.
Axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonida kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning keng joriy etilishi, kompyuter tarmoqlari orqali axborotni qabul qilib olish va uzatishda aloqa vositalaridan foydalanishning yo’lga qo’yilishi hamda axborotlashtirishning jadal taraqqiyoti bilan birgalikda axborotni tasodifiy yoki oldindan ko’zlangan tahdiddan ximoyalash (axborot xavfsizligi) muammolari kelib chiqmoqda.
Axborot xavfsizligi muammosi avvaldan mavjud bo’lib, u insoniyat tarixida yozuv paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan, deyish mumkin. O’zaro kelishilgan belgilar yoki alifbodaga harflar o’rnini almashtirib, maxfiy xat yozish orqali axborot almashinuviga axborotga tahdidning oldini olish, deb qarash mumkin.
Elektron shakldagi axborot almashinuvining jadal taraqqiyotida axborotni ruxsat berilmagan foydalanish va o’chirib tashlashlardan saqlash yoki himoyalangan axborotlarni modifikatciya qilish dolzarb muammo bo’lmoqda. Bu muammoning dolzarbligi yana shundaki, shaxsiy kompyuter yoki avtomatlashtirilgan ish o’rni jamoa foydalanayotgan kompyuter tarmog’idagi axborotni qayta ishlash tizimining bir qismidir. Shuningdek, lokal kompyuter tarmog’i korparativ tarmoqning bir qismi. Bunday hollarda axborot xavfsizligini ta`minlashda uzatilayotgan axborotning ishonchliligi va haqiqiyligiga nisbatan juda qat`iy talablar qo’yilishi lozim. Kompyuter tarmog’idagi har qanday aloqa kanali qayta ishlanayotgan axborotning buzilishiga yoki o’zgarishiga sababchi bo’lishi mumkin. Axborotga taxdid ehtimolini kamaytirish maqsadida aloqa kanallari nazorati, undan axborotning o’tish qobiliyatini oshirish, har xil ko’rinishdagi modulyatciyalardan foydalanish kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
«Axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat mahsuli sifatida moddiy yoki intelliktual mulk ob`ekti bo’lishi mumkin»1 va bu ob`ekt-kompyuterda saqlanayotgan yoki kompyuter tarmog’i orqali uzatilayotgan axborot - ma`lum bir ko’rinishda himoya talab etadi. Bu erda himoya haqida fikr yuritilganda kompyuterda saqlanayotgan yoki kompyuter tarmog’i orqali uzatilayotgan axborot (axborot zahirasi) dan foydalanish huquqini boshqarish imkonini beruvchi usullar va dasturiy ta`minotlar majmui tushiniladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, axborot xavfsizligi muammosini hal qilish uchun ikki xil yondashishni bir vaqtda amalga oshirish lozim:
Dostları ilə paylaş: |