Buxoro bank kolleji


«Elektron raqamli imzo to’g’risida»



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə19/83
tarix17.01.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#79429
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
ma`ruza matni

«Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi qonun loyixasida ayni bir vaqtda muayyan shartlarga rioya etilganida elektron raqamli imzo bilan qo’lda qo’yilgan imzoning bir xil axamiyatga ega ekanligini e`tirof etishni ta`minlovchi me`yorlar belgilangan. Qonunda elektron raqamli imzo yopiq kalit egalarining, elektron raqamli imzoning ochik kalitidan foydalanuvchilarning, ularni ro’yxatga olish markazlarining huquqlari va majburiyatlari, bunday imzodan foydalanish soxasini davlat tomonidan tartibga solish tamoyillari, shuningdek, elektron rakamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish, bunday sertifikatlarning amal qilishini to’xtatib turish va ularni bekor qilish tartibi belgilangan.
«Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi hujjat aylanishi tizimi takomillashuviga, elektron xujjat aylanishining tezkorligi va samaradorligi oshishiga xamda qog’oz xujjat aylanishini kamaytirishga ko’maklashadi. Qonun loyihasida elektron xujjatning huquqiy maqomi va rekvizitlari belgilangan, elektron hujjatiing jo’natilgan va kabul qilib olingan vaktiga doir me`yorlar berilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda Internet do’kon va elektron tijorat keng yo’lga qo’yilgan va bu jarayon o’sib bormokda. Masalan, AKSh da tijorat bitimlarining 20 foizga yaqini axborot tizimlari, jumladan, Inernet orqali amalga oshirilmoqda. Evropa Ittifoqi, Janubiy-Sharkiy Osiyo mamalakatlarida va Rossiyada elektron savdo-sotik hajmi ortishi kuzatilmoqda. Uzbekistonda ham Internet do’konlar faoliyati yo’lga qo’yila boshlandi. Shu sababli «Elektron tijorat to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi jahon hamjamiyati bilan hamkadamlik imkonini beradi. Bu konun mamlakatimizda elektron tijorat sohasidagi faoliyatning huquqiy asosini ta`minlaydi, O`zbekiston Rsspublikasining jahon iqtisodiy xamjamiyati bilai integratciyalashuvini jadallashtirish imkoniyatini kengaytiradi.
Qonunda elektron tijorat ishtirokchilari va ularning huquqiy holati, elektron tijoratda shartnomalar tuzish shartlari va tartibi belgilab berilgan.
Tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Xulosa qilib aytganda, hukumat tomonidan kompyuterlashtirishni rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida qator qonunlar qabul qilinmoqda. Axborotni noqonuniy tarqatish, undan foydalanish, davlat axborot ashyolariga zarar etkazish, xususiy intellektual axborotlar va tijorat sirlarini o’g’irlash, kompyuter jinoyatchiligi va boshqalarning oldini olish O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo’yilgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin