I kompyuter xavfsizligini ta`minlash. II tarmoq xavfsizligini ta`minlash. Ushbu ikkala muammo bartaraf etilgandagina axborot xavfsizligini ta`minlash mumkin.
Axborot xavfsizligini ta`minlashning texnik-dasturiy vositalari bilan bir qatorda qonunchilik vositasi ham muhrm o’rin egallaydi. Axborotni ximoyalashning qonunchilik vositasi majburiy usul bo’lib, kompyuter va kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchilarni moddiy, ma`muriy yoki jinoiy javobgarlik taxdidi ostiga olish orqali himoyalanayotgan axborotni qayta ishlash va uzatish qoidalariga rioya qilishni ta`minlaydi.
O’tgan asrning 90-yillarigacha MDH davlatlarida axborotni himoyalash to’g’risida aloxida qonunlar qabul qilinmagan va mavjud me`yoriy xujjatlar zamon talabiga kompyuterlashtirish va axborot kommunikatcion texnolgiyalarining hozirgi rivojlanish holatiga javob bermasdi. U vaqtlarda «axborotni ximoyalash» tushunchasi faqat Davlat xavfsizlik xizmatlari, Mudofaa vazirligi va harbiy sanoat majmualarida qo’llanilgan. Axborotni himoyalashga «maxfiy axborot», «maxfiy saqlanishi shart» tamoyillarini qo’llash orqali erishilgan va «maxfiy» grifi ostidagi axborotning fosh bo’lishi davlat sirining fosh bo’lishi bilan tenglashtirilgan. Axborotni kriptografik himoyalash algoritmlari faqat maxsus xizmat doirasida qo’llanilgan va hukumat tomonidan nazoratga olingan.
Axborotni himoyalash bo’yicha qonunlar dastlab ilmiy-texnik rivojlangan mamlakatlarda joriy etila boshlandi. Bunga misol sifatida, 1906 yilda axborot himoyasi to’g’risida AQSh da qabul qilingan qonunni keltirish mumkin. Hozirgi kungacha AQSh da axborotni himoyalash va kompyuter jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan 500 ga yaqin qonunchilik aktlari qo’llanilmoqda. Eng yangi qonunlardan biri 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan «Spamga qarshi kurash to’g’risida»gi qonundir (Spam - elektron aloqa orqali siz xoxlamagan va kutmagan xat, har xil reklamalar va chorlovlar).
XX asrning oxirlariga kelib, MDH davlatlari xam birin-ketin yangi qonunlar, jumladan, axborotlashtirish sohasiga tegishli qonunlar qabul qila boshladi. O’zbekiston mustaqilligi e`lon qilingandan so’ng Respublika Konstitutsiyasi (1992 y., 8 dekabr) bilan bir qatorda kompyuterlardan foydalanish samaradorligining yuqori darajada bo’lishini ta`minlashni amalga oshirish maksadida bir nechta yangi qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonuni (amalda bo’lgan varianti 1993 yil, 7 may), «Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma`lumotlar bazasini xuquqiy ximoyalash to’g’risida» (1994 yil, 6 may), «O’zbekiston Resiublikasining axborotlashtirish kontceptciyasi» (1994 yil, 2 dekabr), shuningdek, «Ma`lumotlarni uzatish milliy tarmog’ini tuzish va jahon axborotlar tarmog’idan foydalanishni tartiblash», “O’zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ma`lumotlarni uzatish tarmog’idan, shuningdek, Internet dan tarqatish tartiblari to’g’risida» va shu kabi boshqa nizomlar ishlab chiqildi. Vazirlar Maxkamasining axborot almashinuvining elektron shakliga o’tish va axborot almashinuvida axborot kommunikatciya texnologiyalaridan foydalanish sifatini oshirishga qaratilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatciya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida» gi (2002 yil, 6 iyul) qarori e`lon qilindi.
Respublika axborot almashinuvida kompyuterlardan foydalanish darajasining o’sishi, axborot-kommunikatciya texnologiyalari keng joriy etilayotganligi munosabati bilan bu sohadagi faoliyatni tartibga solishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlisning 2003 yil 10-12 dekabrda bo’lib o’tgan sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonuni qayta ko’rib chiqildi.
Axborotlashtirish sohasida qo’llaniladigan asosiy tushunchalar ta`rifi keltirilgan bu qonun bunday tushunchalar turlicha talqin qilinishi va taxlil etilishining oldini oladi. Unda shuningdek, axborotlashtirish sohasining zamini hisoblangan axborotlashtirish tizimlari va ashyolarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo’lgan huquqiy shart-sharoitlar bayon etilgan.
«Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonun loyihasida axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatiga ta`rif berilgan. Qonunda O’zbekiston axborot infratuzilmasi amal qilishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilovchi moddalar bor. «Axborotlashtirish to’g’risida» gi amaldagi qonundan farqli ravishda yangi qonunda axborot resurslaridan foydalanish toifalari va ularni aniqlash tartibi belgilab qo’yilgan, axborot resurslari va axborot tizimlariga bo’lgan mulk xuquqlarini belgilovchi moddalar ham kiritilgan.
Axborotni himoyalashda muxim o’rin tutgan qonunlardan yana biri «Elektron raqamli imzo to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuiidir. Rivojlangan mamlakatlarda elektron xujjat aylanishi tizimlarida elektron raqamli imzodan keng foydalanib kelinmoqda. Bu xol qator tarmoqlarda qo’shimcha xarajatlarni kamaytirish va iqtisodiyotning rivojlantirilishiga qo’shimcha omil yaratish imkonini beradi, O’zbekistonda elektron raqamli imzodan Markaziy bank tarmog’ida yopiq elektron ma`lumotlarni tashqi ta`sirlardan himoya qilish va ularning xaqiqiyligini ta`minlash maksadida foydalanilmoqda.