2. EXM himoyasini ta'minlashning tеxnik vositalarini izohlang.
3. Kompyutеr tarmoqlarida ma'lumotlarni himoyalashning qanday asosiy yo`nalishlari mavjud?
4. Konfidеntsial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan qanday qilib himoyalash mumkin?
ADABIYOTLAR:
1.G`aniеv S.K., Karimov M.M. Hisoblash sistеmalari va tarmoqlarida informatsiya himoyasi: Oliy o`quv yurt. talab. uchun o`quv qo`llanma. Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti, 2003.
2.S.K G`aniyev, M.M.Karimov, К.А. Toshev “Axborot xavfsizligi” “Axborot kommunikatsion tizimlardari xavfsizligi”, “Aloqachi” 2008.
www.it-study.ru
www.informatika.ru
www.edu.uz
www.ref.uz
Amaliy mashg’ulot № 8
14- Mavzu: EHM larda axborotni himoyalash usullarini o`rganish.
1. MS WORD matn muharririda tayorlangan xujjatlarni himoyalash texnologiyasini izohlang.
2.MS WORD matn muxarririda yozilgan xujjatlarni makroviruslardan ximoyalash yo`llarini izohlang.
Microsoft Word 2000 dasturini ishga tushirish:
Odatda MS WORD 2000 dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmы» bandidan Microsoft Word nomli qismi yuklatiladi.
Yuqorida ko`rsatilgan joyda Microsoft Word qismi bo`lmasa, C:\Programm_Files\Microsoft_Office\Office katalogiga kirib WinWord.exe ishga tushiriladi.
Matnni xotiraga yozish va fayllar bilan ishlash texnologiyasi
Hosil qilgingan matnni kompyuter xotirasiga yozib quyish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
«Standartnыy» panelidan «Soxranit» tugmasi bosiladi.
Quyidagi oyna hosil bo`ladi:
Bu oynadan «Imya fayla» bandida matn nomi kiritilsa, Word avtomatik tarzda matndagi birinchi qatordagi yozuvni fayl nomi sifatida tavsiya etadi, so`ngra foydalanuvchi xoxishiga ko`ra, uni o`zgartirishi mumkin.
«Papka» bandidan fayl joylashgan katalog tanlab olinadi.
«Tip fayla» bandidan fayl turini (kengaytmasini) tanlab olinadi.
«Parametrы» bandidan kerakli parametrlar (faylni ko`rish, o`zgartirish uchun parol va xokazolar) belgilanadi ( Bu band faqat zarur bo`lganda ishlatiladi xolos).
Fayl matnini xotiraga yozish uchun «Soxranit» tugmasi bosiladi.
Faylni ochish.
Matn kompyuter xotirasiga yozib qo`yilgan bo`lsa, uni chaqirib olish uchun «Standartnыy» panelidan «Otkrыt» tugmasini bosish kerak. Bu jarayon quyidagicha ketma – ket bajariladi:
«Standartnыy» panelidan «Otkrыt» tugmasi bosiladi.
Quyidagi oyna hosil qilinadi:
«Papka» bandidan fayl joylashgan katalogni tanlab olinadi.
«Tip fayla» bandidan fayl formatini tanlanadi. Bu yerda: Format - «Dokument Word», «Shablon dokumenta», «Tolko text», «Text DOS», «Dokument HTML» va xokazolar bo`lishi mumkin.
Rasmda «strelka» bilan ko`rsatilgan joyda fayllar ko`rinadi va kerakli fayl shu yerdan tanlanadi.
«Otkrыt» tugmasi bosiladi, yuqorida tanlangan fayl ochiladi.
Word da bir nechta faylni bir vaqtning o`zida ochib qo`yish mumkin va bir-biriga o`tib ishlash mumkin. Word menyusining «Okno» bandida hamma ochilgan fayllar ro`yxati turadi. Ro`yxatdan kerakli faylni tanlab, fayldan faylga o`tish mumkin. Fayldan faylga Ctrl+F6 tugmalarini birdaniga bosish orqali ham o`tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |