TAYANCH IBORALAR:
Nikoblash , parol qo`yish, dasturiy vositalar, konfidеntsial axborotlar, tartiblash, mantiqiy ximoyalash, stеnografik dasturlar.
NAZORAT SAVOLLAR:
1.Programma moduliga yashirish, hujjatsiz kirish nuqtasi deganda nimani tushunasiz?
2.Axborotni chetga oqib chiqib ketishini ta`minlovchi dasturlar haqida ma`lumot bering.
3. Tarmoqdan ruxsatsiz foydalanishga qashi ehtiyot choralariga nimalar kiradi?
TOPSHIRIQLAR:
1. WinRAR arxivlash dasturi yordamida arxiv faylga parol o’rnating.
2. ARJ arxivlash dasturi yordamida buyruq satridan arxiv faylga parol o’rnating.
3. Arxiv parolni arxiv parollarni topib beruvchi dastur yordamida aniqlang.
ADABIYOTLAR:
1.G`aniеv S.K., Karimov M.M. Hisoblash sistеmalari va tarmoqlarida informatsiya himoyasi: O`quv qo`llanma. Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti, 2003.
2.S.K G`aniyev, M.M.Karimov, К.А. Toshev “Axborot xavfsizligi” “Axborot kommunikatsion tizimlardari xavfsizligi”, “Aloqachi” 2008 .
www.it-study.ru
www.informatika.ru
www.edu.uz
www.ref.uz
Amaliy mashg`ulot № 10
16-Mavzu: Axborotni texnik kanallar orqali oqib chiqishdan himoyalash.
1. Tarmoqning xavfsizlik siyosatini buzilishiga olib keluvchi hodisalarni izohlang.
2. Profilaktik ishlarni olib borish.
3. Diskda jiddiy defektlar paydo bo’lishidan oldingi belgilarni izohlang.
Qattiq diskdagi informasiyani nafaqat kompyuter virusi harakati yoki sizni ko’rolmaydigan yovuz niyatli kishi yomon harakatlari natijasida balki, fizik va mantiqiy defekt natijasi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, noxushliklarni sizning o’zingiz ham keltirib chiqarishingiz mumkin bu holat xato formatlash yoki fayllarni o’chirish paytida yuz berishi mumkin. Diskda ma`lumotlarni saqlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
-profilaktik ishlarni doimiy olib borish;
-buzilishning birinchi belgilari o’z vaqtida oldini olish;
-diskka muomala qoidalariga rioya qilish zarur;
-sistematik rezerv nusxalash.
Profilaktik ishlarni olib borish
Sizning diskizda yomon sektorlar boligini doimiy tekshirib turing. Ularni aniqlash uchun Norton Utilities komplektidagi Disk Doctor utilitasidan foydalanishingiz mumkin.
Aytib o’tish kerakki, shu komplektga kiruvchi Calibrate utilitasi diskdagi defekt klasterni yana normal holatiga keltirishi mumkin.
Agar sizning qattiq diskingizda yetarlicha joy bo’lsa, autoexec.bat (DOS) faylidan EraseProtection utilitasini ishlatsa maqsadga muvofiq bo’lib, o’chirilgan fayllarni diskda maxsus ajratilagan hududga joylashtiradi u erdan ular kerakli paytda olinishi mumkin. Boshqa operatcion tizimlarda shunga o’xshash vositalar mavjud.
Shuni eslab qolish zarurki, sizning informatciyangizni e`zozlashning yagona 100% lik ishonchli yo’li bu aniq qoldirilmay qoidadan chetlanmay rezerv nusxalash qoidalariga rioya etish. Shaxs va katta tashkilotlarning ko’p yillik malakasi shuni ko’rsatadiki, ilmiy qarash asosida (vaqt intervali har bir qatori uchun “avlod” nusxasi-oy, hafta, kun, yarim kun) siz yo’qotilgan informatciyani tiklash uchun bir ishchi kunidan ortiq vaqt sarflamaysiz; oxirgi arxiv nusxasi buzilgan fayllarni saqlagan holatda ham siz yana oldinroqlariga qaytishingiz mumkin. CD-ROM jamlagichlari raydo bo’lishi bilan arxivni olib borish osonlashdi, chunki maqsadli fayllar va kichik sonli dasturlarni saqlash kerak bo’ladi. Dasturiy ta`minotning asosiy qismi lazer disklari yoki firma distributlaridan oson tiklanadi. Informatciyani qo’shimcha uzoq vaqt saqlash uchun lazer diskka yozish imkoniyati bo’lib, bu bilan uni barcha noxushliklardan xalos etadi.
Diskni buzilishining 1-belgilaridagi harakat
Diskda jiddiy defektlarni paydo bo’lishidan oldingi belgilar quyidagilar:
-aloxida faylga murojaatni yo’qolishi yoki matnli fayllarda begona ramzlarning paydo bo’lishi;
-diskovod ishining susayishi;
-nasos purkashini eslatovchi tovushni o’qish va yozish paytida paydo bo’lishi;
-DOS yuklanish jarayoning barqarormasligi.
Sanab o’tilgan belgilarning biron-biri paydo bo’lishi bilan 1-navbatda kerakli informatciyani disketaga yozib oling. So’ngra qattiq disk uchun Calibrate utilitasi va disketa uchun DiskTools utilitasi orqali defektni tiklang. Bu utilitalarning ikkalasi ham Norton Utilities tarkibiga kiradi. Qayta taqsimlanish natijalaridan qat`iy nazar jarayonni diskni tiklashni qayta ishlovchi Norton Disk Doctor utilitasi bilan tugating.
Ko’p holatlarda aytib o’tilgan harakatlar disk ishlashini tiklash uchun yetarlidir. Ammo ba`zida defektlarni tuzatishni avtomatik rejim bajarishni iloji yo’q. Bu holatda maxsus metodlar qo’llaniladi.
Disklarni ekspluatatsiyalash va ularga xizmat ko’rsatish
Disklar geometrik yopiq korpusda joylashgan. Sizda vinchesterni changdan tozalash kerakliligini hech qachon xayolizga keltirmasligingiz kerak hatto uning ichida changchalar bo’lsa ham, chunki baribir xizmat vaqti keraklicha katta. Vinchesterni ochish (99,99%) yuqori ehtimolligi bilan buzilishiga olib keladi.
Qattiq diskni avariyasiz ishlashini ta`minlash uchun ShK oldida chekishdan saqlaning. Ayniqsa disketalar ozor ko’rishadi. Tutun qismlari yuqoristga o’tiradi va qatlamni tashkil etadi. Bu magnit o’ram qalinligi bilan teng bo’lib, bunda ma`lumotlarni o’qib bilmaymiz.
Qattiq diskdan farqli ravishda disketalar doimiy tozalashni talab etishadi, chunki disketani o’rnatish uchun mo’ljallangan tirqishdan chang, tamaki tutuni va hokazolar kiradi. Birlamchi tozalashni kichik tirqishlar orqali maxsus so’rgich yordamida bajarish mumkin. Kuchli agregatlardan foydalanmang. Sabab so’rgichning diskovod ichida mavjud yozish/o’qish golovkasi yoki boshqa mexanik qismlari bo’lishi mumkin. Agar siz shunday ish tutsangiz sizga yangi diskovod kerak bo’ladi.
O’qish/yozish golovkasi changning o’tirishi ma`lum bir muammolarga keltiradi. Natijada ekranda quyidagi xabar paydo bo’ladi “Cant’t read disk in drive A:” va boshqa xabarlar. Ammo o’qiydigan kir va defekt manbaa aybdor deb xulosa chiqarishdan oldin ishlatilayotgan disketani tekshiring. Boshqa diskovodlarda muammosiz o’qiladigan disketalar sizning diskovodingizda ham o’qilishi kerak. Shunday qilib, haqiqatdan diskovod aybdorligini darrov aniqlash mumkin.
Ishchi golovkalarni tozalashni mutaxassislarga topshirish kerak. Agar diskovodning kafolat muddati tugamagan bo’lsa, ta`minotchi yoki ishlab chiqaruvchiga taqdim etish zarur.
Agar sizning ishchi glovkani mustaqil tozalamoqchi bo’lsangiz maxsus tozalovchi disketalardan foydalanish yaxshiroq. Disketalar bilan muomala uchun yana bir necha maslaxat:
-har bir disketa qadoq qutisida mavjud maslaxatlar bilan bir qatorda disketalarni yopish qutisida saqlash zarur. Bu quyidagi yutuqlarni beradi: siz disketalarni har bir burchakdan qidirmaysiz demak, kerakli ma`lumotlarni tez topasiz; siz disketani mexanik va magnitli ta`sirdan saqlaysiz; siz disketa va undagi ma`lumotlarni ma`lum darajada himoyalaysiz.
-disketalarni diskovoddan faqat LED indikator yorug’ligi o’chgan payt chiqaring
-“5,25” disketalarni ularning konvertlarida saqlang
-disketalarga faqat engil bosuv bilan yozing. Himoya g’ilofiga bosmang va disketani buklamang
-hech qachon disketa himoyasiz hududiga barmoq bilan tegmang
-disketani juda yuqori yoki temperaturada saqlang
-hech qachon disketalarni elektromagnit maydon manbaalari yaqinida qo’ymang (akustik tizimlar. Tedevizor va boshqalar). Shuni eslash kerakki, elektromagnit maydon ta`sirida informatciyani yo’qotilishini qoida bo’yicha tiklab bo’lmaydi, lekin umuman buni iloji bor
-ma`lumotlarni uzatishda berilganlarni disketaga ikki marotaba yozish esisdan chiqmasin
-disketaga ma`lumotlarni yozgandan so’ng uning o’qiy olishliligini tekshiring “A:\copy *.* NULL”
Dostları ilə paylaş: |