Buxoro davlat pedagogika instituti tillar fakulteti


I.bob. Yozma ish haqida tushuncha



Yüklə 87,46 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü87,46 Kb.
#206210
1   2   3   4
kusr ishi

I.bob. Yozma ish haqida tushuncha
1.1. Yozma ish turlari
O‘quvchi savodxonlikning ma’lum bosqichini o‘tagandan keyin diktantga nisbatan murakkabroq bo‘lgan bayon yozishga o‘rgatiladi. Bayon diktantdan o‘z ijodiyligi bilan farqlanadi. Unda o‘quvchining ijodkorligi matnni tinglash jarayonida ko‘z oldiga keltirgan, eslab qolgan manzara, holat, voqealar rivojini tasavvurida tiklagani holda indivi­duallashtirishi — o‘z tilida o‘ziga xos ifoda tanlashida namoyon bo‘ladi. O‘quvchi bu o‘rinda matnni boyitishi, jonlantirishi, tasviriy ifodalardan o‘rinli foydalanishi yoki, aksincha, borini buzib, uslubiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday paytlarda muayyan o‘quvchining har bir gapi, jumlasi, so‘zlarni bir-biriga bog‘lashi, umuman olganda, ifoda texnikasi haqida fikr yuritishga, yo‘l qo‘yilgan xatolikni bartaraf etib, qo‘lga ki­ritilgan muvaffaqiyatni rag‘batlantirishga to‘g‘ri keladi.

Insho bayonga nisbatan ham ijodiy yondashuv borasida yuqori maqomda turadi. Unda izlanuvchanlik, ma’lumotlar to‘plash, saralash, umumlashma xulosalar chiqa­rish, eng muhimi, go‘zal badiiy ifoda yetakchilik qiladi. Bu boradagi urinishlar juda mashaqqat­li jarayon bo‘lib, o‘quvchi va o‘qituvchidan ancha ter to‘kishni talab etadi. Bu esa alohida mavzu.

Yozma ishlarning barcha turlaridan keyin imlo va uslubiy savodxonlik taqvim-mavzu rejasi asosida tahlil darslari bilan mustahkamlanadi. Ushbu darslarning samarasi beqiyosdir. Garchi ijodiy ish tugaganday taassurot tug‘dirsa-da, tahlil darslarisiz ijodiy ish yakuniga yetmagan hisoblanadi. Tahlil darslari o‘ziga xos sa­boq, keyingi ijodiy ish uchun namuna vazifasini o‘tashda tengsiz mashg‘ulot sanaladi.

O‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish bo‘yicha maktablarda qilinayotgan ishlarning barchasini ko‘ngildagiday deb bo‘lmaydi. O‘quvchilarning bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalari natijalari shuni ko‘rsatmoqdiki, ona tili va adabiyotdan ushbu tadbirlarda ishtirok etgan eng sara o‘quvchilar ishlarida ham bo‘shliqlar anchagina. O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar ichida eng ko‘p uchragani tinish belgilariga oid xatolar sanaladi. Undalma, kirish so‘z, bog‘lovchilar, uyushiq bo‘laklarning vergul, izohlanayotgan bo‘laklarning vergul, qavs yoki tire bilan ajratilishi, ega va ot ke­sim orasida tirening qo‘llanilishi, xullas, tinish belgilari­ning qo‘llanilishiga oid bilimlarda bo‘shliq yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Garchi tinish belgilari xatoligi xatoliklar darajasida quyi pog‘onani egallasa-da (baho­lash mezonlarida ba’zan 3-4 tinish belgisi bir imlo xatosiga tenglashtiriladi), ularga be­pisand munosabatda bo‘lish mumkin degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Ayrim hollarda tinish belgilari sintaktik munosabatni boshqargani bois uslubiy xatoga yo‘l ochadi: Aziz akam keldi — Aziz, akam keldi.

Kulgili bo‘lsa-da, o‘quvchilar ishlarini tekshirishda - (chiziqcha)ni tinish belgisi xatoligi deb hisoblayotgan o‘qituvchilar borligi haqida gapirishga to‘g‘ri kelmoqda. Nuqtali vergul o‘rnida vergul, tire o‘rnida ikki nuqta yoki, aksincha, ikki nuqta o‘rnida tire qo‘llash nafaqat maktab o‘quvchilari ishlari­da, balki matbuot va kitob nashrlarida ham ko‘p uchray­di.

Ikkinchi turdagi xatolik savodxonlikning asosiy mezoni bo‘lgan imlo xatolaridir. Ushbu xatolar miqdori 7 va undan oshsa, ish “qoniqarsiz” baholanishi lozim. Kimdir ushbu xatolikni ham qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan turlarga ajratar ekan, baholash mezonlari shubha ostida qoladi. Bundan tashqari, bir paytlar “Mushtum”da o‘qiganimiz: “Sholi hosildorligini oshirishda qurbaqaning roli” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi yoq­langani kabi “Qo‘pol va qo‘pol bo‘lmagan xatolar lug‘ati”ni ham tuzishga urinib keta­miz. So‘z imlo — to‘g‘ri yozish me’yorlariga amal qilmasdan yozildimi, “muallif”ni ayab o‘tirish — ortiqcha rahmdillik. Rahmdillik ham me’yor oldida ojizdir, shundog‘am, mos matn uchun 1 imlo va 1 tinish belgisi xatosi bilan yozilgan ishni “a’lo” baholash rag‘bat borasida chidasa bo‘ladigan saxovatdir.

Ammo shoh — shox, she’r — sher ko‘ri­nishidagi paronim (talaffuzdosh) juftliklardan birini boshqasi o‘rnida qo‘llash imlo xatoligi emas, balki so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolikdir. Shox mashvarat chaqirdi. Shoir sher o‘qidi. Bu nafaqat kulgili, chidab bo‘lmas darajadagi sharmandali hol hamdir.

Bayon va insho imlo xatolari eng ko‘p uchraydigan yozma ish turlari bo‘lganidan ­(diktantda 4-5 ta imlosi qiyin so‘z dars taxtasiga yozib qo‘yiladi) amaliyotda ikkinchi — savodxonlikka qo‘yilayotgan baholar “2” — “qoniqarsiz”dan oshmaganidan o‘qituv­chi 2 soatga mo‘ljallangan yozma ishning ikkinchi bahosini jurnalga hamma vaqt ham qo‘yavermaydi: “Boshog‘riq kimga ke­rak?!”. Ijodiy ishlarning savodxonlik uchun qo‘yi­ladigan ikkinchi bahosi muntazam qo‘yib borilsa, samaradorlik keskin pasa­yishi, hatto ayrim o‘quvchilarni sinfda qoldi­rish muam­mosi ham paydo bo‘lishi mumkin.

Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. 9-sinf o‘quvchilari o‘quv yili so‘ngida nazorat turi sifatida ijodiy bayon yozadilar. Ijodiy ishning ikki bahosi shahodatnomaga — birinchi baho adabiyot, ikkinchi baho ona tiliga — qo‘yilar ekan, boshog‘riq istamaydigan imtihon oluvchi o‘qituvchi vaziyatdan qanday chiqyapti?

Ona tili va adabiyotdan bilimlar bellashuvi yoki fan olimpiadasining tuman bosqichlari g‘oliblarini aniqlashda hakamlar uchun qulaylik yuzaga kelgan. Bunda nisbatan savodli o‘quvchilar ishini tekshirish yetarli, bugun tumanlar miqyosida nafaqat savodxon o‘quvchi, balki savodxon o‘qituvchilar ham kamyob. Bu fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvi apellatsiyalari paytida savodxon o‘quvchi e’tirozlariga tayinli javob topolmay qolayotgan ayrim hakamlar misolida yaqqol o‘z isbotini topmoqda.

Ijodiy ishlarda uchrayotgan xatolardan keyingisi uslubiy xatolardir. Ularning vahimasi o‘ziga yarasha: baholash mezonlarida bir uslubiy xato 3-4 imlo xatosiga tenglashtiriladi. Bu xatolarning ildizi individning murg‘ak davri va kitobxonlikka borib taqaladi.


Uslubiy xatolarni bartaraf etish uchun juda ko‘p ter to‘kish zarurati yo‘q. Bor-yo‘g‘i o‘quvchilaringizni kitobga oshno qilsangiz, kifoya. Muhtaram o‘qituvchi, birorta o‘quv­chingizni kitob o‘qishga qiziqtira oldi­ngizmi? Unda ishingiz — “besh”. Mabodo, unday bo‘lmasa, hali ham kech emas. “Ma’rifat” gazetasining 2019-yildan boshlab oy boshidagi sonlarida ma’lum asarlarni o‘qish va unga taassurot yozish topshirig‘ini bajarishga urinib ko‘ring. Gazeta tavsiya etayotgan asarning eng ta’sirli o‘rnini avj nuqtasida ke­sib o‘qib yoki aytib bering, qolganini o‘quv­chingizning o‘zi eplaydi. Siz 3-4 nazorat ishlari tahlili darslarida uslubiy xatolar ustida puxta ishlasangiz, keyingi nazorat ishlarida daftar hoshiyasidagi W belgisi ishora qilgan gapdagi xatolikni o‘quv­chining o‘zi bartaraf eta oladi va bora-bora uslubiy xato qilmaslikka erishadi. Uslubiy xatolikni bartaraf etish, avvalambor, barcha uchun birday qiziqarli mashg‘ulot sanaladi. Biron o‘quvchining uslubiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan gapi hammaning e’tiborini tortadi. Gap “muallifi”dan boshqa barcha gapdagi g‘aliz­likni oson ko‘radi va silliqlay oladi. “Muallif”ning ushbu g‘alizlikni payqamasligi tayin, chunki payqaganida gapni boshqacha ifodalagan bo‘lar edi. Uslubiy xatolik ustida ishlanar ekan, eng to‘g‘ri yo‘l ushbu xatolikni “muallif”ning o‘zi bartaraf etishiga erishishdir. Mabodo, bu ish uning qo‘lidan kelmasa, boshqalarga imkoniyat berish lozim. Siz bu xatolikni juda tez bartaraf etishga urinib to‘g‘ri variantni taqdim etishga shoshilmang. Xatolikni o‘quvchilar to‘g‘rilashiga imkon bering, chunki bu ular­ning o‘ziga bo‘lgan ­ishonchini oshiradi.




    1. Yüklə 87,46 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin