Buxoro davlat pedagogika instituti tillar fakulteti


Mavzuning o`rganilish darajasi



Yüklə 87,46 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü87,46 Kb.
#206210
1   2   3   4
kusr ishi

Mavzuning o`rganilish darajasi
O‘quvchi dasturda belgilangan DTS talablarini hamma vaqt ham risoladagiday uddalay olmasligi mumkin. Buning bosh sababi, o‘quvchilarning quyi sinflarda yoki oldingi mavzularda o‘rganishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliq yuzaga kelganidir. Bu bo‘shliq barcha uchun bir xil — standart bo‘lmaganidan bu masa­laga har bir o‘qituvchi individual — ijodiy yonda­shishiga to‘g‘ri keladi.

Odatda, yuqori sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ichdan qabul qilib olgan o‘quvchilari karra jadvalini bilmasligi yoki o‘qish tezligi minimum talabga javob bermasligi haqidagi shikoyatlarini ko‘p eshitamiz. Bu sifatsiz saboq “meva”larini tengqurlari darajasiga yetkazish deyarli imkonsiz, chunki yuqori sinf o‘qituv­chisining bunday o‘quvchi bilan karra jadvali yoki o‘qish tezligi borasida shug‘ullanishdan ham ko‘ra muhimroq muammolari yetarli bo‘ladi. Shu bois ham bugungi maktab bitiruv­chilarining anchaginasi savodi “g‘ovlaganlar” safida bosh egib turai. Bejiz qozoq xalqining ulug‘ oqini Abay: “Ishning omadi — o‘z vaqti”, demagan.


Mavzuning yangiligi

Diktant nisbatan mo‘tadil yozma ish turi sanaladi. Uni a’lo bahoga yozish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yozma ishning bu turida o‘quvchining erkin fikrlashiga zarurat sezilmaydi, chunki tayyor matn aytib turiladi va o‘quvchi yozaveradi. Shu o‘rinda hatto diktovka (o‘qib yozdirish) talablarini barcha o‘qituvchilar ham bilmasligi haqida aytmoq­chimiz. Diktovka jarayonida yuqori sinf o‘quvchilariga bo‘g‘inlab, quyi sinf o‘quvchilariga so‘z yoki jumla ta’kidlab o‘qilayotgan, noto‘g‘ri talaffuz qilina­yotgan, noto‘g‘ri to‘xtam holatlariga duch kelyapmiz. Ba’zan o‘quvchining faqat o‘z o‘qituv­chisi diktovkasiga ko‘nikma hosil qilganini ko‘ramiz. Bilimlar bellashuvlarida notanish o‘qituvchining diktovkasi o‘quvchilarni ­esankiratib qo‘ygan holatlar kuzatilmoqda




Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati

O‘quvchi savodxonligini oshirishda eng muhim manba sanalgan diktant va bayonlar to‘plamlari, yuqori tashkilotlardan nazorat yo‘rig‘ida kelayotgan yo‘riqnomalar savodxonligi xususida ikki og‘iz gapirish o‘rinlidir. Amaldagi diktant va bayonlar to‘plamlaridan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim, chunki biror matn yo‘qki, uni imloviy, punktuatsion yoki uslubiy tuzatishlardan birisiz foydalanib bo‘lsa. Bu xulosalarimizga atayin misollar keltirmaymiz, chunki bu xatoliklarni na mualliflar, na nashriyot bo‘yniga oladi. Bundan tashqari, ulardan foydalanayotgan salgina savodi bor mutaxassis, bu iddaoga isbot qidirish zaruratini sezmaydi.




Yüklə 87,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin