Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


-mashq. “Shakllarni joyiga to‘g‘ri qo‘y” (2-4 yosh bolalar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

5-mashq. “Shakllarni joyiga to‘g‘ri qo‘y” (2-4 yosh bolalar 
uchun). 
Mashq maqsadi:
bolalarning so‘z boyligini oshirish, so‘zlarni to‘g‘ri 
talaffuz qilishga o‘rgatish. 
Kerakli jihozlar:
kartondan tayyorlangan hayvonlar, o‘simliklar, 
uy-ro‘zg‘or buyumlari tasvirlangan shakllar. 
Mashqning borishi:
stollarga hayvonlar, o‘simliklar, uy-ro‘zg‘or 
buyumlari shakli solingan quticha qo‘yiladi. Ular hayvonlarni birinchi 
qatorga, o‘simliklarni ikkinchi qatorga, uchinchi qatorga esa uy-
ro‘zg‘or buyumlarini qo‘yib chiqadilar. Bu mashq orqali bolada 
mantiqiy fikrlash rivojlanadi hamda atrof-olam haqidagi tasavvurlari 
mustahkamlanadi.Kichkintoylar kartondan hayvon, o‘simlik yoki uy-
ro‘zg‘or buyumlari shakllarini qirqishlari ham mumkin. 
6-mashq. “Kartada o‘ynash” (2-4 yosh bolalar uchun). 
Mashqning maqsadi:
bolalarning so‘z boyligini oshirish. Rasmlarni 


117 
taqqoslash. Buyum va narsa nomlarini aytishga o‘rgatish. 
Kerakli jihozlar:
turli xil qizil, yashil va sariq rangda kartonga 
chizilgan hayvonlar, o‘simliklar, buyum yoki narsalar to‘plami. Jonli 
yoki jonsiz tabiat aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. 
Mashqning borishi:
bolalar stol ustiga qizil karton to‘plamini 
terib chiqadilar. Masalan “uy hayvonlari”, “yovvoyi hayvonlar”. Har 
bir bola kartonda tasvirlangan rasmning nomini aytib izohlaydi. Agar 
kichkintoylar rasmdagi hayvonlar nomini bilmasalar tarbiyachi 
yordam beradi. Mashqning ikkinchi variantida barcha kartonlar 
aralashtiriladi yoki teskarisi qo‘yib chiqiladi. Kichkintoylar tartib 
bilan bir-biriga mos rasmlarni ajratib joylashtiradilar va taqqoslay-
dilar. 
Izoh:
tarbiyachi didaktik materiallarni tayyorlayotganda kartonga 
chizilgan rasm aniq bo‘lishiga, rasm foni oq bo‘lsa ham karton cheti 
qizil, yashil yoki sariq bo‘lishiga e’tibor qaratishi lozim. Kartondagi 
rasmlar turli xil bo‘lishi kichkintoyda dunyoqarashni rivojlantiradi 
shuningdek, so‘z boyligini oshiradi. Kartonlarni terish orqali bolada 
o‘z-o‘zini boshqarish, fikrlarni umumlashtirish hamda mavhum 
tafakkur rivojlanadi. 
Biz yuqorida bolalarning mayda qo‘l harakatini rivojlantirishga 
qaratilgan ayrim mashqlarni keltirdik. Tarbiyachilar keltirilgan 
namunalarga ijodiy yondashgan holda mustaqil boshqa mashqlarni 
ham yaratishlari mumkin. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin