Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
- mamlakatning ijtimoiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilaming huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
- sifatli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;
- ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta ’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o’quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirishning vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga to’la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o’zgarishlarga moslasha oluvchi, shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo’yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi shaxsni shakllantirish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlarining kasb ta’limi o’qituvchilariga qo’yiladigan yangi, yanada yuqori talablari bilan bir qatorda kasb ta’limi bo’lajak o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, mexanizmi, metodlari hamda texnologiyalarini ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bo’lajak o ’qituvchilaming kasbiy kompetentligini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida ulaming kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlami yaratish, kasb ta’limi o’qituvchisi kasbiy kompetentligini shakllanishning pedagogik asoslarini ishiab chiqish, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlarni asoslashda shu yo’nalish uchun ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlariga alohida e ’tiborni qaratish lozim. Davlat ta’lim standarti Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko’zga tashlanayotgan zamonaviy an’analaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida o’rnatilgan yagona qoida va talablarga mos kelish) hisoblanadi.