Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə58/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Kasbiy kompetentlik - kasbiy-pedagogik ko’nikimalarning shakllanganlik darajasi bilan baholanadi). Pedagogning kasbiy faoliyatida egallagan asosiy funksiyalaridan kelib chiqib quyidagi kasbiy-pedagogik ko’nikmalarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- gnostik (bilish) ko’nikmalar - umumkasbiy, ishlab chiqarish va psixologik-pedagogik bilimlarni egallash jarayonida orttirilgan ko’nikmalar yangi ma'lumotlarni olish, ulardan asosiylarini ajrata olish, shaxsiy pedagogik tajribasini umumlashtirish va tizimlashtirish jarayonida qo’llanilishi nazarda tutiladi;
- didaktik ko’nikmalar - umumpedagogik ko’nikmalar aniq maqsadli o ’qitishni, o’qitishning metodlari, shakllari va vositalarini tanlashni, pedagogik vaziyatlarni loyihalashni, o’quv materiallarni tushuntirishni, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini namoyish qilishni aniqlaydi;
- tashkiliy-metodik ko’nikmalar - o’quv-tarbiya jarayonini amalda qo’llay bilishi, o’qishga motivatsiyasini shakllantirishi, ta’lim oluvchilarni o'quv-kasbiy faoliyatini tashkillashtirishi;
- kommunikativ-rejissorlik ko’nikmalar - pedagogik rejissura sohasida ekspressivlik. notiqlik, har qanday vaziyatlardan chiqa olishlik umumpedagogik ko’nikmalari;
- bashorat qila olish ko’nikmalari - shaxsni va o’quvchilar jamoasini tashxis qilish, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, jamoani va shaxsni rivojlantirishni loyihalash, jarayonni va natijalarni nazorat qilish kabi o’quv-tarbiya jarayonlari yutuqlarini bashoratlay olishlik;
- refleksiv ko’nikmalar - o’zini anglay bilish, kasbiy faoliyatini va kasbiy xulq-atvorini baholay olish, o’zini faollashtira olish qobiliyati;
- tashkiliy-pedagogik ko’nikmalar - tarbiya jarayonini rejalashtirish, pedagogik va o’zaro ta’sir ko’rsatishda maqbul vositalarni tanlash, o’z - o’zini tarbiyalash va boshqarishni tashkillashtirish, tahsil olayotgan shaxsiy kasbga bo’lgan qiziqishini shakllantirish kabi umumpedagogik ko’nikmalari.
Yuqorida sanab o’tilgan ko'nikmalar asosida pedagog mehnatini baholash uchun kasbiy kompetensiyaga xos uchta yo’nalish asos qilib olinishi kerak bo’ladi, ya’ni:

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin