Pedagogik qobiliyat - pedagogning pedagogik faoliyatga yaratuvchanligi va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishini, shuningdek, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqara olishini ifodalovchi qobiliyat. Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb hisoblab bo’lmaydi. Masalan, agar odam yoshlar xarakterlarni yaxshi bilsa va ularga ta’lim berishda yosh xususiyatlarini e’tiborga olsa, u holda bunday fazilat - o’qituvchiiar uchun juda zarur bo’lgan qobiliyat hisoblanadi. Basharti, kishining xotirasida juda ko’p raqamlar, harflar, so’zlar yoki tashqi alomatlar yaxshi (mustahkam) saqlanib qoladigan bo’lsa, u kishi o’z xotirasidagi mana shu ma’lumotlarni kerak vaqtda ishlata olsa, u holda bu ham juda zarur fazilat, matematika, dasturchiga, konstruktorga va boshqa shunga o’xshash kasbdagi kishilar uchun zarur bo’lgan qobiliyat hisoblanadi. Har qanday faoliyat muayyan qobiliyatlarning jamini ishlatishni taqozo etadi. Masalan, o’qituvchi yoki tarbiyachi kuzatuvchan yoki tashabbuskor kishi bo’lishi, chuqur aql idrokka ega bo’lgan chaqqon epchil odam bo’lmog’i, o’z ishiga g’oyat halol munosabatda bo’lishi kerak. Hamma uchun zarur bo’lgan umumiy qobiliyatlar(masalan, ijodkorlikka bo’lgan qobiliyat) yoki juda ko’p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar (tashkilotchilik qobiliyatlari), ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlarbo’ladi, chizmalarga qarab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyati yoki odam qomatiga qarab unga qanday bichimdagi va rangdagi kiyimlar mos kelishini yaxshi bilmog’i kerak. Har qanday kasbda ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo’shilib kelgan taqdirdagina ishning muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin. Qobiliyatning bo’sh rivojlanishi o’rnini qoplash - bu odatdagi va zarur hodisa bo’lib, agar kishi o’z ishi sohasida chindan ham yuksak mahoratni egallashi kerak bo’lsa, qo’shimcha mashg’ulotlar uning bayotida katta o’rinni egallashi kerak.