Buxoro davlat pedagogika instituti


O‘quvchi kasbni to‘g‘ri tanlashi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə106/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

O‘quvchi kasbni to‘g‘ri tanlashi uchun nafaqat o‘zining shaxsiy xususiyatlari, balki tanlayotgan kasbi to‘g‘risida ham yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. O‘quv mashg‘ulotlari, ekskursiyalar, mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan uchrashuv va suhbatlar, adabiyotlarni o‘rganish orqali ham bunday ma’lumotlar olish mumkin. Endilikda mazkur kasblar professiogrammasini ham ana shunday muhim ma’lumot manbalari sirasiga kiritish mumkin.
Professiogramma — kasblar yoki mutaxassisliklar to‘g‘­risidagi tushunchalar bir tizimga solingan, mehnatning pedagogik-psixologik tomonlarini ochib beradigan, tartiblangan va o‘zaro uzviy bog‘langan, umumiy vazifani bajarish uchun zarur bo‘ladigan shaxsiy, umuminsoniy va kasbiy sifatlarni o‘zida mujassam etgan, o‘quvchining kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishiga qaratilgan qisqa va asosli talablar majmuasi hamdir. Asosiysi, u o‘quvchi ongida muayyan bir kasb­ning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qiladi.
O‘quvchilar professiogramma bilan tanishib chiqish asosida “Kasblar olamiga sayohat” qilishadi, ilgari bilmagan va eshitmagan kasblari haqida batafsil ma’lumot olishadi va ularga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
— To‘plam kasb tavsifnomasi, ish mazmuni, bilish zarur (bilim, ko‘nikma, malakalar), muhim bo‘lgan kasbiy fazilatlar, tibbiy moneliklar (cheklovlar), kasbiy o‘sish istiqbollari, turdosh kasblar kabi ko‘plab ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, — deydi Alisher Safarov.
— Professiogrammada turli shakllar(matn, jadval, grafik tasvirlar yoki diagramma)dan unumli foydalanilgan. Masalan, elektr jihozlari va tarmoqlarini montaj qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-elektrik kasbining professiogrammasini ko‘rib chiqaylik. O‘quvchi to‘plamni ko‘zdan kechirarkan, kelgusida ushbu kasb doirasida elektr tarmoqlari va jihozlariga xizmat ko‘rsatish elektromontyori, rele himoyasi va elektr o‘l­chov asboblari elek­tromontyori, elektr energiya iste’moli nazoratchisi, muqobil va noan’anaviy energiya manbalari qurilmalariga xizmat ko‘rsatish texnigi (mexanigi) kabi ixtisosliklarni ham egal­lashini bilib oladi. Shuningdek, elektr ta’minotini yaratish, ishlatish va ekspluatatsiya qilish, tashkilotni texnik jihozlash va energiya ta’minoti tizimini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar berish, shuningdek, elektr jihozlarini o‘rnatish, elektr chizmalarini chizish, rele himoyasi va elektr o‘lchov asboblarini nazorat qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, elektr resurslariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, texnik qayta jihozlash bo‘yicha zaruriy asoslarni tayyorlash, shuningdek, elektr jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha shartnomalar tuzish, elektr jihozlari uzluksiz ishlashini va ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash mazkur kasb egasi ishining mazmuni ekanini anglaydi. Buning uchun esa ushbu mutaxassislikni tanlayotgan o‘quvchi kelgusida elektr jihozlari va kommunikatsiyalarini ekspluatatsiya qi­lish­ga oid qaror, farmoyish, buyruq, uslubiy va me’yoriy ko‘rsatmalar, elektr stansiya va nimstansiya tarqatish qurilmalarining elektr sxemasi, yuqori chas­totali tokning qurilmasi, rele himoyasining ishlash tamoyili va sxemasi, elektr jihozlarining konstruktiv tuzilishi va ularning vazifalari, elektr energiya ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, nazorat o‘lchov asbob va vositalarining tuzilishi, metrologiyasi va ularning ishlash tamoyilini chuqur o‘qib-o‘rganishi zarurligini his qiladi. Albatta, ushbu kasb egasi emotsional turg‘unlik, texnikalar bilan ishlashga moyillik, diqqatni jamlay olish qobiliyati, jismoniy chidamlilik va toqatlilik, qo‘l mehnatiga mo­yillik kabi muhim kasbiy fazilatlarni o‘zida jamlab borgan sari uning kasbiy o‘sish istiqbollari, imkoniyatlari ham kengayib boraveradi. Dastlab elektromontyor sifatida ishga qabul qilingach, kichik mutaxassis asta-sekin 6-razryadgacha borib, texnik-elektrik, sex yoki bo‘lim boshlig‘i, bosh injener-elektrik lavozimlarini ham egallashi mumkin.
Aytish joizki, mazkur mutaxassislikni egallashga tibbiy cheklovlar ham yo‘q emas. Jumladan, asab va ruhiy kasalliklar, ko‘rish va eshitish qobiliyatining past­ligi, tayanch harakat apparati funksiyasining buzilishi, hushni yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lgan xastaliklar o‘quvchilarning kelgusida yaxshi mutaxassis bo‘lishiga monelik qiladi.
Ushbu to‘rt qismli to‘plam respublikamizdagi har bir umumta’lim maktabiga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu, albatta, o‘quvchilarni qobiliyatiga mos ravishda muayyan kasb­ga yo‘naltirishda asqotadi, shuning barobarida kelgusida bo‘lajak mutaxassislarning o‘z kasbini chin dildan o‘rganishiga asos, turtki bo‘ladi.

Ma’lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o’rgatadi. Dastlabki saboqni ham o’qituvchi beradi. Dastlabki ona-Vatan so’zlarining ma’nosini, mohiyatini ham o’qituvchi o’rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o’qituvchilik-muallimlik kasbi o’ta sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Mana shu o’rinda tabiiy ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, o’qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo’lmog’i lozim? Xususan, bugungi kun o’qituvchisi qanday malakalar bilan qurollantirilmog’i darkor? va boshqalar. O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ishtirokchisidir. Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachi-ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand etish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi lozim,”- degan edi. Darhaqiqat, o’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz-o’qituvchi bo’la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg’a surilayotgan barcha islohotlarning ijobiy yechimi va ana shu ko’p mingyillik ziyokorlik ishining samarasi bo’ldi. Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o’qituvchiliik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birga o’qituvchi oldiga qo’yiladigan talablar ham o’zgacha bo’lmoqda. Chunki bugun O’zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog o’qituvchilarning o’z o’rni, o’ziga xos mohiyati borligini unutmaslik lozim.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin