Ta’lim sifatini o’zgartirishda o’qituvchining roli 1.Tashkilotchi-ijtimoiy pedagog: o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi.
2.Sinf yetakchisi-sinfda ijobiy psixologik muhit yaratadi va ta’sir ko’rsatadi;
3.Metodist-ta’lim jarayonida o’quvchilarning muammoni yechishda yordam beradi va qo’llab-quvatlaydi.
4.Faylasuf-bilim va tajribalarni tahlil qiladi, o’z qarashlarini asoslaydi;
5.Tajribali yaqin do’st-o’quvchilar oldidagi to’siq va muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
6.Tadqiqotchi –novator-yangilik yaratuvchi-muntazam ravishda o’z ustida ishlaydi, yangi g’oyalar yaratadi, tatbiq etadi.
7.O’quv jarayonini rahbari va uni rag’batlantiruvchi-maqsadga yetish vositalari, istiqbolini nazarda tutadi, o’qitish uslublarini tanlaydi, o’quvchilarni o’qishga o’rgatadi, ijodiy yondashadi.
8.O’zaro ta’sir ko’rsatuvchi -jamoa bo’lib ishlay oladi va ishlashga o’rgatadi.
9.Maslahatchi- shaxsiy namunasini o’rgatadi
10.Tarbiyachi-o’quvchilarga jismonan, aqliy va ma’naviy tomondan rivojlanishlariga yordam beradi.
11.Psixolog-o’zini yaxshi biladi va tushunadi
12.O’zgarishlarga yo’naltiruvchi-o’quvchilarni hayotiy ko’nikmalarini yaxshilashga yordam beradi
13.Ma’lumotlarni taqsimlovchi-o’quvchilarga asosiyyangi ma’lumotlarni yetkazadi va amaliyotga tatbiq etishga o’rgatadi.
O’qituvchi o’quv jarayonida maslahatchi sifatida faoliyat qiladi. Ya’ni:
-O’quvchilarga ko’nikmalarini o’qish jarayonida rivojlantirishga yordam beradi;
-Turli xil yo’nalishdagi reja (strategiya)larni qanday qo’llash kerakligi boyicha maslahat beradi;
-Faol qayta aloqani ta’minlaydi;
-Noan’anaviy usullar bilan o’quvchilarning harakatlarini qo’llaydi va mustahkamlaydi;
-O’quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
-O’quv faoliyatini individuallashtirishga yordam beradi;
-O’quvchilarning o’quv jarayonidagi ehtiyojlarini tahlil qiladi.