Buxoro davlat pedagogika instituti


Fasilitatsiyaga qobiliyatli bo‘lish



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə159/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Fasilitatsiyaga qobiliyatli bo‘lish – bu shunday anglash sifatiki, shaxs bo‘lib etishish uchun ruhiy etuklik, emotsional barqarorlik, o‘z dunyosi bilan yangi ruhiy-amaliy birlashishi, yaxlitlilik va bir xil o‘xshashlik sifatlariga ega bo‘lishdir.
Fasilitatsiya faoliyatiga asoslangan o‘zaro harakat qobiliyatining bo‘lishi o‘zida quyidagilarni tarkib toptiradi:

  • empatiya;

  • qabul qila olish;

  • qadriyatli o‘z-o‘zini qabul qila olish;

  • refleksivlik;

  • lik;

  • tolerantlik;

  • boshqa odamalar bilan chuqur muloqotda bo‘lib, muloqot vaqtida yoqimli, psixologik iqlim yarata olish.

Fasilitatsiya haqida so‘z ketganda, albatta fasilitator faoliyati e’tiborga loyiqdir. Fasilitator trenerdan farqli o‘laroq ekspert hisoblanmaydi. U qatnashuvchilarni o‘qitmaydi, aksincha ularga guruxiy ishlash uchun maxsus texnologiyalarni taqdim etadi. Fasilitator guruhga yordam beradi, muammolar echimini topishga harakat qiladi. Fasilitator qatnashuvchilarni ishga yo‘naltirib boradi va natijalarni muvofiqlashtirib boradi hamda taqdim etilgan topshiriqlarni qoidaga muvofiq qatnashuvchilar tomonidan bajarilishini kuzatadi.
Fasilitator – dars samaradorligini oshirish maqsadida guruhlarda guruh ishini tashkil etuvchi, olib boruvchi shaxs. Mashg‘ulotda reglament, norma va mashg‘ulot uchun qulay sharoit yaratuvchi. Guruh a’zolarini jipslashtiruvchi, samarali ishlash muhitini yaratuvchidir. Fasilitator – davra suhbatlarini, munozara, mushoira, debat, seminar, treninglarni olib boruvchining yordamchisidir. Uning maqsadi – guruhda guruh a’zolarini qo‘llash-quvvatlash, oldida turgan vazifani bajarishga yo‘naltirishdir. U guruh a’zolarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga qulay muhit yaratib beruvchi shaxs. Fasilitator guruhlarda o‘zaro borayotgan muloqot jarayonini olib boruvchidir.
Fasilitator guruhda ishni tashkil etish, uni amalga oshirish jarayonning samaradorligini ta’minlaydi. Uning vazifasi guruhda hamkorlikni, hamfikrlilikni, ijodiy muhitni yaratish, guruhni jipslashtirish va vaqt reglamentini boshqarishdir. Fasilitator guruhlarning bir-birini qo‘llab-quvvatlashga, o‘zaro yordam berish muhitida ish yuritishga yo‘llovchidir.
Guruhlarda ishning muvaffaqiyatli kechishi, sessiyalarda ishning jonli muloqotlarga boy bo‘lishi fasilitatorning faolligi yoki befarqligi bilan belgilanadi. Guruhlarda sessiyalarni olib borishda ko‘p qirrali ishlar yo‘lga qo‘yilishi kerak, ruhiy holatni boshqarish, vaziyatlardan chiqa olish, ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini yo‘naltira olish, jalb eta olish bilan belgilanadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin