Buxoro davlat pedagogika instituti


L.N.Kulikova va E.G.Vrublevskiy



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə156/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

L.N.Kulikova va E.G.Vrublevskiy o‘z tadqiqotlarida fasilitatsion muloqotni pedagogik o‘zaro harakat ko‘rinishi sifatida va undagi subyektlarning intensiv; samarali o‘zaro rivojlanishlarini ko‘rsatib o‘tgan. Fasilitatsion muloqot qadriyat sifatida unda qatnashayotgan talabalarni o‘z-o‘zlarini o‘zgartirishlarini, mukammal bo‘lishlarini ta’minlaydi. Bunday o‘zaro harakatda o‘qituvchi qobiliyatini rivojlanishini ta’minlashda, asosiy pedagogik sharoitlar ajratilgan.
R.S.Dimuxametovning tadqiqotlarida esa androgenik, sinergetik, qadriyatli-akmeologik yondashuvlar asosida fasilitatsion konsepsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, malaka sistemasini oshirish uchun nazariy fundament yaratib beradi. Mazkur taqdim etilayotgan fasilitatsiya texnologiyasi pedagogning yetakchi faoliyatini ta’minlab beruvchi, ongni, mustaqillikni rivojlantiruvchi, shaxsiy professional usulda yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun tanlash huquqini beradi.
O‘qituvchining talabalarni boshqarishdagi harakat algoritmi ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, quyidagi “atribut uzuk” ko‘rinishida taqdim etilgan:

  1. Fasilitatsiya faoliyatli motivni ifodalab beruvchi;

  2. Fasilitatsiya maqsadni shakllantirishda;

  3. Fasilitatsiya anglash predmetini izlashda;

  4. Fasilitatsiya faoliyat metodini izlashda;

  5. Fasilitatsiya anglash usulini izlashda;

  6. Fasilitatsiya jarayonni amalga oshirishda;

  7. Fasilitatsiya refleksiya sifatida.

Aytib o‘tilgan ishlarga murojaat qilinar ekan, ularni analiz qilib xulosa qilish imkonini beradi, ya’ni pedagogik fasilitatsiya pedagogik jarayonga nisbatan, o‘qituvchi shaxsi va uni talabalar bilan o‘zaro munosabatga kirisha olish qobiliyatiga bir qator talablarni qo‘yadi.

  1. Fasilitatorlik faoliyatining didaktik imkoniyatlari. Pedagogik fasilitatsiyaning professional ta’limdagi ahamiyati faol tayyorgarlikka ega mutaxassislarni shakllantirishga o‘tish, bitiruvchiga oid standart bo‘lmagan xulosalarni qabul qilish va mustaqil tahlil etish qobiliyatiga ega shaxsni shakllantirishda yorqin namoyon bo‘ladi. Faol xulq-atvordagi ehtiyoj va motivlar ijro etishda emas, balki o‘zaro xatti-harakatni mo‘ljalga olishda to‘liq namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra o‘qituvchining vazifasi talabalarni hamkorlikda to‘g‘ri mo‘ljalga olishlarini ta’minlash, ular bilan bir qator boshqaruv funksiyalarini bo‘lishishi, ya’ni ularni fanga nisbatan chuqur qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida sharoitlar yaratish va haqiqiy mazmunga ega o‘quv motivlarini paydo qilishdir. Pedagogik fasilitatsiya – bu yuqori sifatga ega bo‘lgan, amaliyotdagi zamonaviy talablarga mos keluvchi mutaxassislarni o‘qitish darajasidir. Talabada qancha ko‘p savol tug‘ilsa, shuncha ko‘p bilim egallaydi, bunda uning o‘quv jarayonidagi faolligi ham nazarda tutiladi.

Materialning har qanday emotsional va mantiqiy mazmunga ega bo‘lishiga qaramay, agar talabalar sust tinglovchilar bo‘lsalar faqatgina ma’ruzada qatnashib, ma’ruza materialini va mazmunini avtomatik ko‘chirib oladilar, xolos. Fasilitatsiyali ta’limda o‘qituvchi dogmatik metodlar va usullarni emas, balki zarur ma’lumotlarni ijodiy egallash, fikr yuritishni shakllantirish, ma’lum materialdagi yangi muammolarni topish, imkoniga ega bo‘ladilar. Bu jarayonda o‘qituvchi shunday pozitsiyaga ega bo‘ladiki, bunda “o‘zimas” balki boshqa talabalar bilan “birgalikda” va “amaliyotda mavjud muammolarni bilmaslik”, ya’ni kurs davomida talabalar tomonidan ikkilanishlarga sabab bo‘lishi haqidagi ayblovdan qo‘rqmasligi kerak. Shu tarzda u tadqiqotchi sifatida o‘quv jarayonida o‘z rolini yo‘qotmaydi, o‘quv dasturiga tegishli barcha savollarga javob beruvchi dogmatik-pedagog niqobiga o‘ranmaydi. Bularning barchasi talabalarni har qanday sharoitda qiziquvchanliklarini va faol anglashlarini va kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonini tezlashtirib beradi. Pedagogik fasilitatsiya konsepsiyasi bir qator sharoitlarni yaratishni amalga oshiradi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: a) talabalar uchun o‘qishning ahamiyatli bo‘lishi; b) o‘qituvchining kongruentliligi; v) psixologik xavfsizlik va psixologik erkinlik.
Faqatgina talaba uchun ahamiyatli ta’limgina samarali hisoblanib, oddiygina bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki talabaning ichki hissiy-kognitiv tajribasini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin