Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Yüklə 63 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü63 Kb.
#114315
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq


O`ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
TARJIMONLIK FAKULTETI



Mavzu: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq


Bajardi:Roziqov Sh
Tekshirdi:_________


Toshkent 2009


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Mavzu bo'yicha qo'yilayotgan muammolar:
soliqqa tortish maqsadida suv resurslarining manbalaridan foydalanishni asosiy mezonlar orqali tabaqalash muammosi;
foydalanilgan suv hajmini belgilashda yuridik shaxslar faoliyatidan kelib chiqqan holda aniqlash uslubiyatini joriy etish;
boshqa tuman va shaharlarda suv ta'minoti manbalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar hisobini yuritish muammosi;
soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o'tmagan va er uchastkalariga ega bo'lgan ko'plab kichik korxonalarning foydalanayotgan suv resurslarini soliqqa tortish muammosi.
Tayanch so'z va iboralar
suv resurslari, er osti va er usti suvlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, soliq ob'ekti, soliq to'lovchilar, soliq stavkasi, soliq bo'yicha imtiyozlar
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning iqtisodiy mohiyati va
uni joriy etish sabablari.
Suv mamlakatning asosiy boyligi hisoblanib, undan samarali foydalanish haqida prezidentimiz o'z nuto'larida bir necha bor takrorlaganlar.
Suvdan foydalanishni imkoniyat darajasida tejash maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig'i kiritilgan. Suv resurslaridan foydalanish solig'i to'lovchilari bo'lib, o'z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq solishning alohida tartibi o'rnatilgan to'lovchilarning ayrim toifalariga tatbiq etilmaydi.
Bunda, agar soliq solishning alohida tartibi o'rnatilgan to'lovchilar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lashlari kerak. Er osti va er usti manbalaridan ishlab chiqarish va texnikaviy maqsadlarda foydalanishga olingan suv resurslari hajmi, yani yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan suv resurlarining jami hajmi, iste'mol xarakteri va maqsadlaridan qat'iy nazar soliqqa tortiladi..
Er usti manbalariga daryolar, ko'llar, suv omborlari, ariqlar va boshqa er usti manbalari kiradi.
Er osti manbalariga: artezian quduqlari va skvajinalari, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari kiradi.
2. Soliq ob'ekti, soliq stavkalari, uni tabaqalashtirish mezonlari. Soliqni
hisoblash tartibi.
O'z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, dehqon xo'jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovchilardir.
Suvdan foydalanish joyida yuridik shaxslar, davlat soliq xizmati organlarida ro'yxatga olinish joyidan qat'i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'laydilar.
Aholi punktlarining suv ta'minoti uchun suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar o'z faoliyatida ishlatiladigan suv uchungina soliq to'lovchilar hisoblanadi.
Er usti va er osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslarining hajmi soliq solish ob'ekti hisoblanadi.
Er usti manbalariga kiradi: daryolar, kqllar, suv omborlari, er yuzasidagi boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar.
Er osti manbalariga kiradi: artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va gorizontal zovur tarmog'i.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.
Suvdan qishloq xo'jalik ekinlari va ko'chatlarini sug'orish uchun foydalanadigan yordamchi xo'jaliklarga ega yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o'quv yurtlarining o'quv-tajriba xo'jaliklari soliqni qishloq xo'jalik korxonalari uchun belgilangan stavkalar bo'yicha to'laydilar.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod etiladi:
a) notijorat tashkilotlari, ana shu faoliyatda ishlatilgan suv hajmidan kelib chiqib, suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchilardan tashqari.
Soliq solish maqsadida notijorat tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:
• faqat davlat byudjeti mablag'lari hisobiga moliyalanadigan, xarajatlarni qoplash
uchun belgilangan smetalar doirasida dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar
va tashkilotlar;
• xayriya birlashmalari, uyushmalari va jamg'armalari, xalqaro tashkilotlar, diniy
birlashmalar va boshqa tashkilotlar:
1) ijtimoiy-xayriya yoki tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni
ko'zlamaydigan, ta'sis hujjatlarida ta'kidlangan boshqa maqsadlar uchun barpo
etilganlari;
2) moliyaviy va boshqa mablag'larni mazkur tashkilot xodimlari, muassislari
yoki a'zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va
investitsiyalamaydiganlari (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga haq
to'lashlar bundan mustasno);
b) er osti mineral suvlaridan davolash maqsadlarida foydalanadigan sog'liqni saqlash muassasalari, ular mineral suvlardan savdo tarmog'ida sotish uchun foydalanadigan hollar bundan mustasno;
v) farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanadigan va suvdan dorivor vositalar tayyorlashda foydalanadiganlar;
g) atrof muhitga zararli ta'siri oldini olish maqsadida chiqarib tashlanadigan er osti suvlari uchun (ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv hajmlaridan tashqari). Masalan, sizot suvlarning sathini pasaytirish maqsadida chiqarib tashlanadigan zovur suvlari;
d) uning uchun byudjetga soliq to'lagan yuridik shaxslardan suv olgan
iste'molchilar;
e) foydali qazilmalar qazib olish bilan yo'1-yo'lakay va shaxtadan suvni chiqarib
tashlash uchun olingan er osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar
uchun foydalaniladigan suv hajmlaridan tashqari;
j) agregatlar ishlashi uchun suvdan foydalanganlik uchun gidroelektrostantsiyalar;
z) birlamchi foydalanganlik uchun haq to'langan suvdan ikkilamchi foydalanuvchilar (masalan, sug'orish uchun kollektor-zovur tarmog'idagi suvdan foydalanish);
i) faoliyatning asosiy turi bo'yicha qishloq xo'jalik mahsuloti etishtiruvchilar sho'rlangan erlarni sug'orishga suvdan foydalanganlik uchun. Mazkur imtiyoz yordamchi qishloq xo'jaligiga ega yuridik shaxslarga ham tatbiq etiladi;
k) umumiy ishlovchilarining kamida ellik foizi nogironlar bo'lgan, nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va "O'zbekiston chernobilchilari" uyushmasi mulkida bo'lganlari, savdo-sotiq, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqari;
1) bo'shatib olinadigan mablag'lar ular tomonidan moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, uskunalar, anjomlar, didaktik materiallar, bolalar qyinchoqlari va kitoblarini xarid qilishga sarflanishi sharti bilan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ro'yxatga olingan paytdan boshlab uch yil muddatga.
9. Soliq to'lovchilarga O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko'ra taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
3. Hisoblangan soliqni byudjetga to'lash tartibi va buxgalteriya hisobvaraqalarida aks ettirish.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovchilar tomonidan, dehqon xo'jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va tashkil etmaydigan)dan tashqari, tasdiqlangan stavkalar bo'yicha amalda olingan soliqqa tortiladigan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Dehqon xo'jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan umuman xo'jalik bo'yicha o'tgan yilda 1 ga sug'oriladigan erga sarflangan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Soliq bo'yicha hisob-kitoblar:
• yuridik shaxslar (dehqon xo'jaliklaridan tashqari) tomonidan yil boshidan qsib
boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi va davlat soliq xizmati organlariga chorak
va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish muddati uchun belgilangan
muddatlarda Yo'riqnomaga ilova qilingan shaklda taqdim etiladi;
• jismoniy shaxslar (dehqon xo'jaliklaridan tashqari) tomonidan mustaqil amalga
oshiriladi va davlat soliq xizmati organlariga shu soliqni to'lash uchun belgilangan
muddatda (hisobot choragidan keyingi oyning 15 kunigacha) mazkur
Yo'riqnomaga ilova qilingan shaklda taqdim etiladi.
Dehqon xo'jaliklariga (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lash to'g'risida to'lov xabarnomalari davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Suvni markazlashtirilgan vodoprovod tarmog'idan oladigan yuridik shaxslar "Oqavasuv" tizimi korxonalari bilan solishtirish jarayonida olingan suv hajmini aniqlashtirish chog'ida suv hajmidagi farqni solishtirish amalga oshirilgan davr uchun hisob-kitoblarda aks ettiradilar.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lanadi:
• yuridik shaxslar (dehqon xo'jaliklaridan tashqari) tomonidan - har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha;
• tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan (dehqon xo'jaliklaridan tashqari) - har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15-
kunigacha.
Chorak uchun suv resurslaridan foydalanganlik solig'ining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan yuridik
shaxslar soliqni chorakda bir marotaba, choraklik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda to'laydilar.
Soliq to'lovchilar (qishloq xo'jalik korxonalaridan tashqari) joriy yilning 15 yanvariga qadar suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliqni belgilangan limitdan kelib chiqib yoki suv etkazib berish shartnomasiga ko'ra har oyda yoki har chorakda to'lashlari to'g'risida bildiruvnoma yuboradilar.
Yagona er solig'ini to'lashga o'tmagan qishloq xo'jalik korxonalari va dehqon xo'jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yilda bir marta - hisobot yilining 15 dekabriga qadar to'laydilar.
Yagona er solig'ini to'lashga o'tmagan qishloq xo'jalik korxonalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydalangan suv hajmini olingan suvning umumiy hajmidan chiqarib tashlaydilar, bunda 1 gektar sug'oriladigan erni sug'orishga suv sarfining umuman xo'jalik bo'yicha o'rtacha miqdoridan kelib chiqiladi (boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning sug'oriladigan erlari ham kiradi).
Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to'langan taqdirda, soliqlar, yig'imlarning boshqa turlari bo'yicha qarz mavjud bo'lmasa, ushbu summalar soliq to'lovchiga uning yozma arizasi bo'yicha o'ttiz kun ichida qaytariladi yoki bo'lg'usi to'lovlar hisobiga e'tiborga olinadi.
Suv er osti va yuzadagi manbalardan kelib tushadigan vodoprovod tarmog'idagi suvdan foydalanilganda soliq manbalar bo'yicha belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblanadi. Shahar va tumanlarning davlat soliq xizmati organlari suv etkazib beruvchi korxonalardan vodoprovod tarmog'iga yuzadagi va er osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlari nisbati to'g'risidagi ma'lumotlarni olishlari va mazkur ma'lumotlarni soliq to'lovchilarga etkazishlari kerak.
Baliq xo'jaliklari suvni ma'lum suv manbasidan (kanal, daryo) oladigan va suvni ana shu suv manbaiga tashlaydigan hollarda, qishloq va suv xo'jaligi organlari tomonidan beriladigan ma'lumotnoma asosida olingan suv hajmidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish paytida ana shu manbaga tashlanadigan suvning hajmi chiqarib tashlanadi. Baliq xo'jaliklari tomonidan olingan suv kollektor-zovur tarmog'iga tashlangan taqdirda soliq butun olingan suv hajmi uchun to'lanadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan binolar bir qismi, ayrim xonalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga topshirilganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Suvoqava" tizimi korxonalari yoki suv
xo'jaligi organlari yoxud boshqa korxonalar bilan suv etkazib berish to'g'risida shartnoma tuzgan ijaraga beruvchilar to'laydilar.
Bino (xona)ni ijaraga olgan va o'zlari suv etkazib berish to'g'risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mustaqil ravishda to'laydilar.
Amaldagi korxonalar va tashkilotlar hududida ta'mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaradigan yuridik shaxslar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to'lamaydilar. Ta'mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarish chog'ida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni ular uchun ushbu ishlar bajariladigan korxona va tashkilotlar to'laydilar. Yangi qurilish maydonchasida qurilish ishlarini bajarish chog'ida qurilish paytida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni qurilish tashkiloti to'laydi.
Mulkchilik va bo'ysunish shaklidan qat'i nazar issiq suv va bug' uzatuvchi korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ular tomonidan yuzadagi va er osti manbalaridan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatilgan suv resurslari hajmi uchun to'laydilar.
Soliqni hisobga olish tartibi.
Yuridik shaxslarning byudjet bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya hisobi byudjetga to'lovlar bo'yicha (turlar bo'yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvarag'ida yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag'i debeti; byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag'i krediti. Byudjetga o'tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag'i debeti; pul mablag'larini hisobga olish hisobvarag'i krediti.
Soliq to'lovchilar davlat soliq xizmati organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egalar.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning to'g'ri hisoblab chiqilishi va to'lanishi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin