Pedagogika fani metodologik g’oyalarining takomillashuvi. Totalitar tuzum davrida o’rganilishi ma’n etilgan milliy-pedagogik qarashlarning o’rganilishi va pedagogika faniga olib kirilishi.
Ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalarning pedagogik qarashlarda o’z ifodasini topishi.
Pedagogik bilimlar ijtimoiy-g’oyaviy asoslarining boyishi. Ta’lim mazmunida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asoslari, insonparvarlik va demokratik qarashlarning aks etishi.
Milliy-madaniy meros namunalaridan foydalanish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish orqali yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash.
Shaxsni ijtimoiylashtirish. Erkin, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol shaxni shakllantirish.
Shaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish.
Yosh avlodda ijtimoiy voqelikka ongli munosabatni qaror toptirish.
Yangicha ta’limiy qarashlarning paydo bo’lishi. Yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda tayanch o’rin tutuvchi uzluksiz ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishi.
Ta’lim sohasida davlat va jamoatchilik boshqaruvining yo’lga qo’yilishi.
Ta’lim marketingi va ta’lim xizmatlari sohasining tashkil etilishi.
Ta’limning yangi didaktik parametrlarini aniqlash.
Yangi o’quv predmeti va o’quv kurslarini o’qitishning yo’lga qo’yilishi.
Hamkorlikda o’qitish va mustaqil ta’limning ommalashuvi.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning yangi vositalari (reyting tizimi, monitoring)ning amaliyotga tatbiq etilishi.