Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə55/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Birinchi mezon: insonning motivatsion xislatlari, o’zining bevosita istaklarini boshqara olish: o’z xohish va ehtiyojlarini tutib tura olish, ijtimoiy hayot voqealariga o’z qiziqishini namoyon qilish darajasida rivojlangan bo’lsa u shaxs deb atalishi mumkin. Bunda jamiyatda keng qabul qilingan, qo’llab-quvvatlanadigan ijtimoiy ahamiyatli motivlar, ya’ni, xohish-istaklar rivojlangan bo’lishi kerak.
Ikkinchi mezon: inson o’z xulqini ongli ravishda o'zini-o’zi boshqarishga qodir bo’lgan holida uni shaxs deb atalishi mumkin bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, shaxs va individual sifatlar bir-birini o’zaro to’ldiradi, shu sababli pedagogik maqsadlar yo’lida ham shaxsni, ham individuallikni o’zaro qarama-qarshi qo’ymagan holda rivojlantirish lozim. Bunda, shaxs sifatlari individuallik omillarining rivojlanishi asosida shakllanadi. Demak, shaxsni tarbiyalash va uning kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun individual sifatlarni, shuningdek, shaxsning psixologik komponentlarini rivojlantirish ham talab etiladi.
Kompetensiya asosida yotuvchi psixologik komponentlar. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetensiyasining shakllanishida psixologik komponentlarining roli ham kattadir. Bunday komponentlar pedagogning kasbiy kompetentligini shakllanishiga u yoki bu darajada ta ’sir ko’rsatadi.
Qiziqish. Qiziqish deyilganda odamning u yoki bu narsaga qaratilgan faol bilish faoliyati tushuniladi. Kasb egallashga nisbatan olinganda qiziqishlar - bu kishining muayyan mehnat sohasiga ijobiy mimosabati, uning bilishga va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan intilishidir. Qiziqishlar o’zining mazmuni, ko’lami, uzoq davom etishi va teranligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Qiziqishlarning mazmuni va ko’lami odamning bilim darajasini hamda har narsaga qiziquvchanligini aks ettiradi. Qiziqishlarning teranligi va uzoq vaqt davom etishi ularning barqarorligini ko’rsatadi. Qiziqishlar o’z rivoji mobaynida bir nechta bosqichdan o’tadi. Dastlab ular vaqtincha, epizodik xarakterda bo’ladi hamda muayyan bir narsaga nisbatan ijobiy munosabatda namoyon bo’ladi. Bunday qiziqishlar rivojlantirib borilmasa, ular tez orada susayib ketadi yoki mutlaqo so’nadi. U yoki bu narsaning chuqur va muntazam ravishda o ’rganib borilishiga, mehnat faoliyatining qiziqilgan sohasiga sinchkovlik bilan kirishib ketilishiga qarab qiziqishlar mustahkamlanib, kuchayib borishi va asta-sekin barqaror qiziqishga aylanib qolishi mumkin.
Mayllar. Qiziqishlar o’sib rivojlanib borib, maylga – kishining muayyan faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan intilishiga hamda mazkur faoliyat turiga rnuvofiq keladigan mahorat vg malakalarni: takomillashtirib, doimiy ravishda o’z bilimini oshirib borish uchun intilishiga aylanadi. Agar qiziqishlar “bilishni istayman” degan formula bilan ifodalanadigan bo’lsa, mayllar - “bajarishni istayman” degan formula bilan ifodalanadi. Faoliyat ko’rsatish mobaynida kishining mayllari nafaqat namoyon bo’libgina qolmay, shu bilan birga uning mayllari shakllanib ham boradi. Faqat turli yo’nalishda olib borgan jo’shqin faoliyatgina kishiga o’z mayllarini bilib olish va sinab ko’rish imkonini beradi.
Qobiliyatlar. Qobiliyatlar qiziqish va mayllar bilan mahkam bog’liq bo’ladi hamda odamning kasbga layoqatini ko’rsatuvchi belgilarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ya’ni, odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradigan bar qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin