Buxoro davlat pedagogika instituti


Ishontirishda xulqdagi fikrlar tahlil etilishi lozim. 4



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə85/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

3. Ishontirishda xulqdagi fikrlar tahlil etilishi lozim.
4. Boshqalarni ishontira borib, o‘zi izohlayotgan narsani yuzaga chiqarish uchun o‘zida ham chuqur ishonch bo‘lishi kerak.
O‘zaro ta’sir metodi ishontirish samaradorligini belgilovchi quyidagi shartlarga rioya qilmog‘i kerak.
1. O‘zaro ta’sir kuchi oldindan ta’minlangan bo‘lishi ishontiruvchining obro‘si va mazmuni bilan belgilanadi.
O’quvchi o‘qituvchiga qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lsa, uning ta’sirini shunchalik yaxshi qabul qiladi.
2. Ishontirishni yo‘lga qo‘yayotganida ishonuvchining psixik o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur.
Buning uchun pedagog tarbiyalanuvchining asab sistemasi tipini bilishi, ta’lim-tarbiyadagi yaqin rivojlanish zonasini anglab yetishi kerak.
Masalan, bolalar kuchi beqaror nerv sistemasi tipiga taalluqli.
Unda tarbiyalanishga qaraganda qo‘zg‘alish ustun turadi.
Shuning uchun tarbiyachi ishontirishni shunday yo‘lga qo‘ymog‘i kerakki, bolada yana qo‘shimcha tarzda kuchli qo‘zg‘alish holati yuzaga kelmasin.
3. O‘zaro ta’sir jarayonida ishontiruvchi va ishonuvchining intellektual, emotsional holatini hisobga olish zarur. Masalan, bola ortiqcha hayajonda, bu bolada negativ hissiyot ustun. Shu holatda pedagog tarbiyalanuvchining xulqi noto‘g‘riligiga ishontirishga harakat qilsa, uning bu ishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Ishontirish metodini qo‘llashda fikr, hissiyot va irodaviy ta’sirning uzviy bog‘liqligiga amal qilgandagina u ta’sirchan bo‘ladi. Uni qo‘llashda ishontirish tuzilishiga rioya qilish maqsadga muvofiq: bilish, hissiyot-xulq. Birinchi ikkita komponentni bir-biridan ajratmaslik kerak.
Ilgari surilayotgan qoidalar isbotli bo‘lishi, faktlar, dalillarga amal qilish, pedagogning hayajonda bo‘lishi, fikrning to‘g‘riligiga qat’iy ishonchini himoya qilishga tayyor turishi katta ahamiyatga ega. Bu esa yorqin ilhomlantiruvchi so‘zlarda ifodalanadi va u bolalar xotirasida uzoq vaqt esda qoladi. Ishontirish metodidan foydalanishda bolalarning qiziqishini bilish, uni hisobga olish va undagi yaxshi tomonlarni ko‘ra olish muhim ahamiyat kasb etadi va bularni qayta tarbiyalashda hisobga olish kerak. Ishontirishning samaradorligi o‘qituvchi o‘zining so‘zi va xatti-harakatidagi uzviy birlikka bog‘liq. (Masalan, biron narsani bolaga va’da berib, uning ustidan chiqish). Yanada yomoni, agar o‘qituvchi yuksak, to‘g‘ri gaplar aytsa-yu, lekin bu gaplar, o‘zining kundalik faoliyatiga asos qilib olinmasa, bundan yomoni yo‘q. Bunday o‘qituvchilar jamiyatga katta ziyon yetkazadi. Ishontirishda yuqori samaradorlik mashqlar bilan mustahkamlansagina ta’minlanadi. Mehnatsevarlikni nafaqat hikoyalar yordamida, balki mehnat yordamida ham tarbiyalash mumkin.
Butun o‘quv-tarbiya jarayoni o‘smoqda bo‘lgan yosh avlodda dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ishontirishning asosi bo‘lgan bilim shaxs dunyoqarashining yetakchi elementi, strukturasidir. Bilim, agar isbotli, dalil-ashyoviy bo‘lsa, u ishonchga aylanadi. O‘quvchi isbot-dalillarga asoslangan bilimga ega bo‘lsa, boshqa eski bilimlar, qarashlarni inkor etadigan va bu inkorni asosli, isbot bilan tasdiqlaydigan bo‘ladi.
Aniq ishontirish mantiqiy isbotlash demakdir, ya’ni ma’lum qoidalarni aniq munozarasiz bir fikrga olib kelish demakdir.
Isbotlash tezis, asoslash va namoyish etish (isbotlash usuli)dan iborat. Tezis shunday fikrki, uni isbotlash kerak. Asoslar shundayki, uning yordamida tezis isbotlanadi. Nazariy fikrlar, hayotiy va eksperimental faktlarni tahlili davomida namoyish etish orhali tezisni isbotlovchi xulosa, umumlashmalar xoliga keltiradi.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik davomida o‘quv materiali mazmunini tahlil qiladi. Undagi bosh va ikkinchi darajali masalalarni ajratadi, bosh tezisni belgilab oladi. Asosiy e’tiborni bosh muammoni isbotlashga qaratadi. Bolalarga ma’lum bo‘lgan narsalar ko‘p vaqt olmasligi kerak.
Tezis aniq bir tomonlama bo‘lib, ikki xil fikr bo‘lmasligi va butun isbot qilish davomida o‘sha fikrga qat’iy rioya qilish kerak.
Masalan: «Tanada ichki energiyani o‘zgarish usullari» (VII-sinf fizika) mavzusida bosh fikr - tananing ichki energiyasini ikki xil usulda: ishlash orhali va issiqlik berish orhali o‘zgartirish mumkin. Bu fikr ishonchli eksperiment, o‘quvchi hayotiy tajribasini tahlil qilish orhali isbotlanadi.
Isbotlash uchun asoslar tanlanadi (faktlar, aksioma, o‘rganilgan qoidalar va boshhalar bolalarni noto‘g‘ri fikrga olib kelmasligi kerak). O‘quvchida o‘rganilayotgan material to‘g‘risida yetarli darajada bilim, ma’lumotlar bo‘lsa, asoslarga tayanib xulosa qilinadi.
Masalan, quyidagi tezisni isbotlashimiz kerak: «Alyumin elektr tokini o‘tkazadi». Asos tarzida maktabdagi ma’lum qoidani tanlaymiz: «Alyuminiy - metall, barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi» shu asosda isbotlaymiz, alyumin elektr tokini o‘tkazuvchandir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin