Buxoro davlat pedagogika instituti


Pedagogik mahoratning mezonlari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə88/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

Pedagogik mahoratning mezonlari - bu uning shunday belgilariki, ulardan pedagogik mahoratning o’lchovi sifatida foydalanish mumkin.
Pedagogdagi o’qituvchilik faoliyatining har tomonlama mezonlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
1. O’quvchi shaxsini o’zaro munosabatda rag’batlantiruvchi va ularning dalillashtiruvchi mezoni.
2. Pedagogning o’quvchi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan o’quv foaliyatini tashkil etish mezoni.
3. Pedagogning o’qitish mazmuni bilan aniqlanadigan mazmun va uning didaktik tashkilini boshqarish mezoni.
4. Pedagogning o’qituvchilik faoliyatini baholash o’lchovi sifatida qaraluvchi o’qitish jarayonida kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish mezoni.
5. O’quv darajasining strukturali-kompozitsion qurilishining mezoni.
Taklif qilinayotgan tizimda pedagogning o’qituvchilik faoliyatidagi mezonlardan 5 ta asosiysi ajratib olingan. Ularning har biri 10 balli shkala bo’yicha bir tekisda aniqlangan umumlashgan sonlar pedagog mahoratining ko’rsatkichini hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan mezonlarning mazmuni haqida to’laroq tasavvur hosil qilish uchun, masalan:
Pedagog o’qitish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirishdagi mezonlarni sanab o’tamiz:
1. O’qitish faoliyatining barcha turlari va ularning birligiga egalik qilishi:
2. Pedagog o’qitish faoliyatining talabalar bilish faoliyatini tashkil qilishga yo’naltirilganligi.
3. Konstruktiv, tashkiliy va kommunikatsiyaviy bilimlarning aks etishi.
4. Pedagogik texnika (so’z, testlar, auditoriya bilan kontakt o’rnatish, axborotni taqdim etish shakli va tuzilishi, o’qitish vositalarini tadbiq etish texnikasi, e'tiborni butun auditoriyaga yo’naltira olish, javob beruvchiga e'tibor, eshita olish qobiliyati va q.z).
5. Pedagogik mehnatning yaxshi tashkil etilganligi.
6. O’qitish shakli, usullari, o’qitish vositalari, o’quvchilarni harbir o’qitish bosqichidagi rahbarlik xarakterlarining optimal tanlagani.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin