Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə96/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. SHuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
14. O‘qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi. Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo, sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:

  • shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;

  • kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

  • yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o‘z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

  • o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;

  • ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;

  • o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;

  • pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

  • o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat xislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun o‘qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;

  • o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi shart;

  • o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.

Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin