Pedagog shaxsining kasbiy-pedagogik va ijtimoiy ahamiyatliligi * kasbiy ahamiyatli shaxsiy sifatlarini va qimmatli munosabatlarning shakllanganligi.
* pedagoglar orasidagi obro’-e'tibori;
* o’quvchilar orasidagi obro’-e'tibori:
* jamiyat ishlariga faol qatnashadi;
* mazkur pedagog tajribalaridan boshqalarning foydalanishi
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati-o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog- o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasinihartomonlama biluvchi qamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan boqliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya prinsiplari va qonunlarini qamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret qolat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur.
«Bizning pedagogikaviy ishda hamma narsani oxir oqibat mahorat hal etadi»,- deydi Azarov. Aniq irsiy xususiyat sohibi bo’lgan talantli insongina haqiqiy usta-o’qituvchi bo’lishi mumkin, degan fikrlar mavjud. O’qituvchi bo’lib tug’ilmoq zarur. Deyarlik barcha insonlar (ba'zilaridan qat'i nazar) tabiat tomonidan tabiiy tarbiyachi sifatlarga ega bo’lib tug’iladi. Asosiy masala shundan iboratki, ularni pedagogik mahoratga o’rgatish zarur.
“Talantli insonlarning tasodifiy taqsimotiga ishonishimiz mumkinmi?, Bizlar talant hisobiga tarbiyani amalga oshirishimiz mumkinmi? Yo’q. Shuning uchun faqat mahorat to’g’risida gapirish mumkin, ya'ni haqiqatda tarbiyaviy ishlarni biluvchi, tarbiyalay olish haqida gapirish mumkin. Mutaxassislik va bilishga asoslangan mahorat hamma masalalarni hal qila oladi”, - degan edi A.S. Makarenko. “Tarbiyachi o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va har doim u o’zining nimani xohlaganligini va nimani xohlamasligini bilishi zarur. Agar tarbiyachi buni bilmasa, u kimni tarbiyalay oladi”,- deydi A.S. Makarenko. O’qituvchining mahorati, har qanday sharoitlarda ham, kerakli darajadagi tarbiyalanganlik, rivojlanganlik va bilimdonlarni tarbiya qiluvchi o’quv jarayonini tashkil qila olishidan iborat.
Haqiqiy o’qituvchi istalgan savolga to’g’ri javob topa biladi, talabaga o’ziga xos yo’l bilan yaqinlasha oladi, uni rag’batlantiruvchi fikrlar bilan uni o’ziga tortadi. Bunday o’qituvchi o’z predmetini chuqur biladi, asoslari o’qitilayotgan fanning rivojlanishi, kelajagini biladi, shular bilan birga zamonaviy adabiyotni, madaniyat va yangiliklarni, xalqaro hodisalarni tahlil qila oladi, u talabalari yaxshi ko’radigan ommabop jurnallarni o’qib boradi.Demak, usta-u hozirgi zamon o’qitish metodlarini juda yaxshi biluvchi muallimdir.
Muallimlik san'ati, ayniqsa, darslarda o’qitishni bilishdan iborat. Tajribali pedagog tinglovchilarning dasturiy materialni dars paytida o’zlashtirishlariga erishadi. Uning uchun uy ishi bilimlarni mustaqkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish usulidan iborat.
Mahoratning yana bir asosiy ko’rsatkichi o’quvchilarni faollashtirish, ularning qobiliyatlarini, mustaqilligini va talabchanligini o’stirishdan iborat. Pedagogik mahoratning keyingi tashkil etuvchisi - bu tarbiyaviy ishni o’qitish jarayonida samarador o’tkaza olishi, o’quvchilarda yuqori ma'naviyat vatanparvarlik, mehnatsevarlik, mustaqillikni shakllantirishdan iborat.