Buxoro davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə91/198
tarix22.10.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#159796
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   198
PEDAGOGIK DEONTOLOGIYA мажмуа

O’qituvchining vazifasi - o’quvchilarda o’qitish jarayonida, musbat his-tuyg’ularni ishlab chiqishga yo’l topa bilish. Bular oddiy usullar bo’lib: unga ish metodini o’zlashtirish, hissiy holatni yaratish, o’qituvchining faolligi, qiziq misollar keltirish, kuchli ma'noli tanbehlar va shu kabilardir. Bu kabi usullar nafaqat vaqtinchali muvaffaqqiyatni hosil qilmasdan ular o’qituvchiga hurmatni oshiradi, fanga turg’un va doimiy intilishni yuzaga keltiradi.
Pedagogik mahoratning mohiyati - bu muallim shaxsiy madaniyati, bilimlari va dunyo qarashi, uning o’qitish va tarbiyalash usullarini yuqori ma'noda bilishi va yangi tajribalar va pedagogik texnika bo’yicha har tomonlama tayyorgarliklarining o’ziga xos qotishmasidir.
Xulosa. Yosh o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining imtihonga puxta tayyorlanishlariga erishish maqsadida doimo shu gapni takrorlardi: «Kim nimani bilishini imtihon ko‘rsatadi. O‘ylamanglar osongina o‘tib ketamiz deb». Oqibatda, imtihon o‘quvchilarning imkoniyatlaridan ham past natijani ko‘rsatdi. Hatto eng tanilgan o‘quvchilar ham «uch» oldi. Nima sodir bo‘ldi? O‘qituvchi bu o‘rinda butun o‘quv yili davomida o‘quvchilarga imtihondan qo‘rqish, o‘z kuchlariga ishonmaslik hissini beixtiyor shakllantirib keldi va oqibat ularning faoliyatini yo‘qqa chiqarib qo‘ydi.
Pedagogik ta’sirning maqsadini aniq tushungan o‘qituvchi uni ishontirish va ta’sir etish orqali amalga oshiradi. Tez-tez, oldindan maqsadli o‘tkazilgan ta’sir ayrim rag‘batlantiruvchi tarzda ham amalga oshiriladi: Masalan: “Mening esligim”, “Yaxshi”, “Olgan natijalaring juda yaxshi”, “Barakalla”, kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bunday ta’sir ishonch bilan, qat’iy, erkin holda, ma’qullagan tarzdagi qarash, tabassum, ovoz ohangi, o‘qituvchining tashqi ko‘rinishida (uning yig‘inchoqligi, dadilligi, optimistik kayfiyati) ham namoyon bo‘lishi kerak. O‘quvchilar o‘zlariga nisbatan bunday munosabatni juda tez va aniq his etadi.
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati jarayonida ovoz gigiyenasiga albatta rioya qilishi lozim. Aks holda kasb kasalligi – ovoz xastaligiga duchor bo‘lishi mumkin. Ovoz apparatining kasallanishi pedagoglarda juda yuqori bo‘lib, 40,2 foizni tashkil etadi. Bu kasallikning sabablari juda ko‘p bo‘lib, shulardan to‘rttasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: kunlik ovoz yuklamasi (nagruzkasi) ning yuqoriligi, ovoz apparatidan to‘g‘ri foydalana bilmaslik, gigiyenaga rioya qilmaslik, ovoz apparatining tug‘ma kuchsizligi kabilar.
Ma’lumki, pedagog o‘z ish vaqtining 50 foizldan ortig‘ida gapirishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun, u ish vaqti tugagach 2-3 soat davomida uzoq so‘zlashuvlardan o‘zini tiyib, ovoz apparatiga dam berishi lozim. Bundan tashqari, u pedagogika bilim yurtida dars beradigan bo‘lsa, dars jadvali tuzayotganda 3-4 soat ishdan so‘ng, bir soat dam berilishi nazarda tutilishi kerak. Ovoz apparati tez ta’sirlanuvchan bo‘lib, o‘ta sovuq yoki issiq, shu bilan birga, achchiq ovqatlar tufayli ham kasallanishi mumkin.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin