O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISH QUYIDAGI BOSQICHLARDAN IBORAT:
Rejalash tirish
Natijalarni baholash, tahlil qiliish
Nazorat
Boshqarish (rag’batlantirish)
Tashkil etish
1-rasm. Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari. O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta’limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin: