6. “Faoliyat usuli” -tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, ta’lim faoliyat sifatida o‘zida bilim, ko‘nikma, malakalar, qobiliyatlar, motivlarning dastlabki ko‘rinishini o‘zida aks ettiradi.
7. “Faoliyat jarayoni”- tushunchasi “subyekt”, “predmet” va “natija” mazmunini ochib beradi. Shu bilan birga “jarayon” tushunchasining mazmunini “metod” va “vosita” kabilar ham ochib berishga xizmat qiladi. Keng ma’noda “vosita” so‘zi ma’lum bir jarayonni predmetli qo‘llab-quvvatlani aks ettiradi. Ta’lim vositalari xilma-xil bo‘lib, pedagog faoliyat maqsadiga mos vositani tanlab olishi muhim ahamiyatga ega. Ana shundagina bunda faoliyat samaradorligi past bo‘ladi. Ba’zida o‘qishda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, faoliyat vositalari samarali bo‘lsa ham kutilayotgan natijani bermasligi mumkin.
Turli xil fasilitatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Agar jarayonni fasilitator boshqarsa o‘z nuqtai nazariga ko‘ra guruxga yanada samarali bo‘lgan fasilitatsiyani rivojlantirgan ish usullarini taqdim etadi. Bunda gurux a’zolari o‘zlari muhokama va qarorlar qabul qilish jarayonini olib boradilar, fasilitator esa faqat korreksiyalab ya’ni muammoni tez va konstruktiv echish yo‘llarini aytib turadi.
Pedagogik fasilitatsiya konsepsiyasini XX asrning 50-yillari boshlarida K.Rodjers va boshqa gumanistik psixologlartomonidan hamkorlikda ishlab chiqila boshlandi. K.Rodjers misol sifatida avstraliyalik aborogenlarni misol qilib ko‘rsatdi. Aborogenlar shunday odamlar guruhiki, 20 ming yil davomida eng og‘ir ob-havo, iqlim sharoitlarida ko‘nikib, kurashib yashab kelganlar. Zamonaviy insonlar esa bir necha kun ichida bunday sharoitda yashay olmay halok bo‘lishlari mumkin edi. Aborogenlarning tarbiya jarayonining siri shunda ediki, ular yoshlarni qanday suv topish, o‘ljani kuzatish, kenguruni qanday o‘ldirish, cho‘l orqali yo‘l topish kabi bilimlarni berar edilar. Bunday bilim tajribasi urf-odatga aylangan holda avloddan-avlodga o‘tib borar edi. Hech qanday novatorlik qobiliyati ham ma’qullanmas edi. Bunday ta’lim yosh avlodni har qanday o‘zgarmas hayot sharoitida ham yashash uchun kurashishlarini talab etardi. Bu yondashuv har qanday muhitda ham ahamiyatga ega edi. Shuning uchun ham yuz yillar davomida bunday ta’lim va tarbiya hech qanday ikkilanishlarsiz davom etib kelgan. Ammo hozirgi vaqtda inson shunday tez o‘zgarib borayotgan sharoitlarda yashaydiki, hatto tabiat ham, sotsium ham tinmay almashib, o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, ushbu qonuniyatga aylangan holat professional sharoitda namoyon bo‘lmoqda va malakali kadrlar tayyorlash xarakteriga ta’sir etmoqda. Ilmiy axborotlar shunchalik yangilanib tez suratda tarqalmoqdaki, talabalar vaqti kelib shu axborotlarni qo‘llamoqchi bo‘lsalar yanada yangilariga ehtiyoj seza boshlaydilar.
Xorij psixologiyasida pedagogik fasilitatsiyaga atalgan ishlarning hajmi unchalik ham ko‘p emas (E.F.Zeer, I.V.Jijina va boshqalar). Bu fenomenni olimlar o‘rganar ekanlar, undagi alohida tomonlari va rivojlanishdagi psixotexnologiyani alohida ta’kidlab o‘tadilar. Ko‘plab tadqiqotchilar pedagogik jihatidan o‘rganganlar masalan, R.S.Dimuxametov, E.Yu.Borisenko, L.N.Kulikova, E.G.Vrublevskiy.
E.Yu.Borisenko o‘z tadqiqotlarida quyidagi savollarni ko‘rib chiqadi. Fasilitatsiya ish faoliyatida shakl va metodlar, talabalarni ekzistensial shaxsga yo‘nalganligini, o‘zlashtirishi past bo‘lgan maktab talabalarni rivojlanishlarini o‘rgangan.