Fasilitatsiya deganda eng avvalo, guruhiy muammolarni hal etishning samarali texnologiyasi tushuniladi. Fasilitatsiya shunday jarayonni qamrab oladiki, bunda fasilitator barcha gurux a’zolariga ma’qul keladigan, neytral va qaror qabul qilishga haqqi yo‘q, ya’ni u guruhiy muammolarni xal etishga ko‘maklashadi.
“Fasilitatsiya” tushunchasi anglanilgan va maqsadga yo‘nalgan faoliyatning ko‘rinishi bo‘lib, pedagogning bevosita ishtirokini taqozo etadi.
Fasilitatsion yondashuvning o‘ziga xosliklari. Fasilitatsion yondashuvning asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Faoliyat– shaxsni rivojlanishidagi asosiy xal qiluvchi vositasi va odamni ko‘pqirrali faol maqsadga yo‘naltiradi. A.N.Leontev “Faoliyat hayotning birligidir va psixikaning asoslangan aksidir” deb ta’kidlaydi. G.P.Shedrovitskiy esa faoliyatga shunday ta’rif beradi: ”Faoliyatsiz ishlab chiqarish vositalari ham, belgilari ham, san’at namunalari ham yo‘qdir: faoliyatsiz insonlarning o‘zi ham yo‘q xisobi”.
Turli xil harakatlarda ishtirok etish bilan anglanilgan faoliyatda qatnashish turli xil narsalardir. Psixologiyada shaxsning muhim xususiyatlari sifatida quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi: onglilik (anglanganlik) va faollik; psixika-subyektivliligi, faollik, moslashganlik; onglilik – qayg‘urish, bilim va munosabatlar; faoliyat –faollik, onglilik, maqsadga yo‘nalganlik, motivlarga egalik. Bu barcha xususiyatlar bilish jarayoniga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ammo an’anaviy ta’lim tizimida bu jihatlar hamma vaqt ham hisobga olinmaydi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha,bevosita faoliyat jarayonida, ya’ni o‘zida rejalashtirish, tashkillashtirish, natijalarni tahlil etish va referent guruhlar bilan muloqotni mujassamlashtirgan insongina ongli ravishda anglangan faoliyat ma’nosini tushunib etadi. Faqat ana shu asosga tayangan insonda g‘oyalarning paydo bo‘lishi, motivlar shakllanishi va munosabatga yo‘nalganlik kuzatiladi. Bu formulani A.V.Shedrovitskiy “yangi bilimlarnii ishlab chiqish” deb ta’kidlab o‘tadi.