O‘zini o‘zi tahlil qilish - pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir
O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi ob’ektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.
O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi .
O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi samarali baholash omillari: O‘zini tushunish (o‘zi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish).
Shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash (o‘zi to‘g‘risidagi ijobiy ma’lumotlarni to‘plash).
O‘zini-o‘zi nazorat qilish (o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi.
O‘z-o‘zini baholash darajasi shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlari shaxs
imkoniyatlariga mos kelishi lozim. O‘zini o‘zi oshirib yoki pasaytirib ko‘rsatish o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlarining noto‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘plab manbalarda shaxs tomonidan o‘z-o‘zini baholashquyidagi formula asosida aniqlanishi ko‘rsatilgan:
Formulaga ko‘ra, qandaydir yutuqqa erishgach, shaxs tomonidan o‘zini o‘zi yuqori baholash (yutuqlar hissasini oshirish) yoki o‘ziga nisbatan qo‘yayotgan talablarni pasaytirish ro‘y beradi.
Bizning fikrimizcha, O‘O‘Bda xolislikka erishishda quyidagi formula ham qo‘l keladi: