Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti 111-Guruh talabasi Xayriyev Dostonbek



Yüklə 114,41 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü114,41 Kb.
#35951
xirurgiyada antiseptika asoslari

Xirurgiyada antiseptika asoslari

Jaroxatda og’ir yiringli jarayonni chaqiruvchi har xil mikroorganizimlarga qarshi kurash mexanizimlarini ishlab chiqilmaganda, hozirgi xirurgiya yutuqlariga erishilmasdi. Xirurgiya tarixidan bilamizki, infektsiyalarga qarshi kurashning ikki xil yo’li bulgan: Antiseptika va Aseptika


AntiseptikA (grek. so’z bo’lib anti- qarshi, septika- yallig’lanish) jaroxatga yoki to’qimaga tushgan mikroblarga qarshi kurash va aseptika (tozalik) – jaroxatga infektsiya tushishini oldini olish. Rejali ravishda qilinadigan aseptika va antiseptika zamonaviy xirurgiyaning muhim tamoyillaridan sanaladi. Aseptika antiseptika bilan birgalikda steril sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan tadbirlarga asosan xirurglar faoliyatiga imkoniyatlar ochadi.

Mikroblarni rivojlanishi uchun, xayoti uchun qulay sharoit kerak, ya’ni: harorati, osmotik bosimi va ion bir hilligi ta’minlanishi kerak. Klinik amaliyotda antiseptik vositalarni ishlatilganda mikroorganizimlarda moddalar almashinuvi va strukturasi buziladi. Shu tariqa antiseptik vositalar o’zining bakteriosatik ta’sirini bildiradi. Agar antiseptik moddalar mikrob plazmasiga kirsa tarkibidagi oqsil moddasini ivishiga olib keladi, o’z yo’lida mikrob xujayrasini o’limiga sabab buladi va bunda antiseptik moddalar o’zining bakteriolitik ta’sirini bildiradi.


Аntiseptik omil turlari mikroorganizmga ta’siriga qarab bo’linadi:

- Mexanik

- Fizikaviy

- Kimyoviy

- Biologik

Mexanik antiseptika – bu mexanik yo’l bilan mikroorganizmlarni jaroxatdan olib tashlashdir.

Mexanik antiseptika usullariga quyidagilar kiradi: jaroxatga ishlov berish (jaroxatdan yot jismlarni, yiringlarni, va qon laxtalarini olib tashlash, xamda nekrozga uchragan to’qimalarni kesib olib tashlash tushuniladi.



Fizikaviy antiseptika – jaroxatni davolashda va yalliglanishga qarshi kurashda asosiy zamonaviy usullardan biridir. Fizikaviy antiseptikani asosini quyidagilar tashkil etadi – issiqlik, har xil lampalar, ovoz tovushlari, xar xil nurlar, atrof muhit (havoning namligi va uning harorati), jarohatni ochiq qoldirish va gigroskopik usullar. Shunindek fizikaviy antiseptikaga fizioterapevtik davolar ham kiradi, bular: UVCH-terapiya, elektroforez usullari, diotermiya usuli, ozonoterapiya usuli, davolovchi loylar va boshqalar.

Ko’pchilik kimyoviy preparatlar klinik amaliyotda to’qimalarni kontakt va implantatsion zaxarlanishni oldini olish uchun, instrumentlarda, qo’l terisida va tikuv materialidagi mikroblar sterilizatsiyasida ishlatiladi. Shuningdek spirt, yod eritmasi, chumoli kislota eritmasi, dioqtsid 1:5000, xlor geksidinning 20% eritmasi jarrox qo’liga ishlov berish uchun ishlatiladi.

Instrumentlarni sterilizatsiyasi uchun chumoli kislota eritmasiga formaldigitni 2% spirtli eritmasini, yoki glyutal’degidni 2% eritmasi solinadi.

Shuningdek kimyoviy antiseptiklarga kiradigan bakteriyalarga va yalliglanishga qarshi moddalar xam bor. Ularga sul’fanilamid gruppasiga kiradigan antibiotiklar, nitrofuranlar gruppasiga kiradiganlar va sintetik usulda olinadigan turli gruppadagi antibiotiklar.



Sul’fanilamid gruppasiga kiradigan moddalar – streptotsid, norsul’fazol, urosul’fan, sul’fapiridazin. Ular mikroorganizimga ta’siriga ko’ra bakteriostatik mexanizmiga ega. Ya’ni, hujayra hayoti uchun zarur moddalarni sintezini (folieviy va digidrofoliyeviy kislotalarni) to’xtatadi.

Infektsiyani organizmga tarqalishini oldini olishda va yalliglanish infiltratini so’rilishini ta’minlash maqsadida (UN) – ul’trabinafsha nuri bilan kam miqdorda nurlash ishlatiladi. Bu organizimni immunitetini, aglyutinlarni miqdorini va qon-plazma elementlarini miqdorini oshiradi.

Oxirgi o’n yilda lazer nuri bilan davolash ko’p qo’llanilib kelmoqda. Lazer bilan davolashda lazerni kam miqdordagi nuri foydalanilib kelinmoqda. Bunda geliy-neonli lazer nurlari monoxromatik doirani hosil qilb teriga 0.61 mm; mushakga 2.04 mm gacha ta’sir qiladi. Shuningdek ul’tratovush usullari xam davolashda keng qo’llanilib kelinmoqda.

Nitrofuran preparatlari 5-nitrofuran hosilalari hisoblanadi va ta’siriga ko’ra keng ta’sir doirali antibiotiklarga yaqin turadi. Lekin ba’zi xollarda ular ko’prok aktivlikga ega va kam zaxarliligi bilan ajralib turadi, keng ta’sir doirasiga ega, ko’pchiligi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, spiroxettalarga, sodda hujayrali parazitlarga va yirik viruslarga aktiv tasir ko’rsatadi. Bu preparatlarni tabletka formasi ichishga beriladi – furodonin, furazolidon, furagin, furazolin. Vena ichiga – salafur yoki furagin K. Tashqi teriga ko’llaniladigan shakillari – furatsillin.
Yüklə 114,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin