15.2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH Federal
zaxira tizimining mustaqillik darajasi.
Sanoati
rivojlangan
mamlakatlar
Markaziy
banklari
mustaqilligining ob`ektiv omillariga baho berishda quyidagi
mezonlarni kiritish mumkin:
245
−
Markaziy bank kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning
ishtiroki;
−
bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning
faoliyat ko`rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning
faoliyatini nazorat qilish shakli;
−
Markaziy bank vazifalarini aniqlashning qonunchilikda
yoritilish darajasi;
−
Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari qrnatilgan
qonun bilan tqxtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo`nalishi
bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga
solishning mavjudligi;
−
mamlakat Markaziy bankining davlat xarajatlarini tqg’ri va egri
moliyalashtirishini tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va uning
shakllari.
Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda
davlatning ishtiroki omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining
qanchalik darajadaligini ko`rsatadi. Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol’
o`ynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali tqg’ridan-tqg’ri davlatga
tegishli bo`lmasa ham, qonunchilikda ma`lum sharh (izoh) mavjud
bo`ladi. Agar mavjud bo`lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi.
Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu
bank xuddi hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat
ko`rsatmoqda (Markaziy bankning 50 foiz kapitali Federatsiyaga,
qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va jismoniy shaxslarga
tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan ruxsat
olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qqsha olish huquqiga
egadirlar.
Pay (ulush) meros (vorislik) orqali qtishi yoki Moliya Vazirligi
ruxsati bilan sotilishi mumkin. SHu orqali davlat bilvosita nazoratni
amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, Markaziy bankning funktsiya va vazifalari
qonunda ko`rsatilgan. SHu sababli ulush egalari yig’ilishi
chegaralangan masalalarnigina echa oladi. Albatta, bu masalalar
bankning iqtisodiy siyosati bilan to`g’ridan-to`g’ri bog’liq bo`lmaydi.
SHunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100
foizi davlatning ishtiroki - ko`proq Markaziy bank salohiyatiga va
an`analariga hamda ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida
246
AQSHning Federal Rezerv Tizimini va Germaniyaning Federal
bankini ko`rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng
mustaqil markaziy banklar sifatida tan olingan. SHunday bo`lsa-da,
Nemis Federal bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal
Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz a`zo-banklarning to`liq mulkiga
tegishli. Va aksincha, banklar va sug’urta kompaniyalarining mulkiga
tegishli bo`lgan Italiya Markaziy banki davlat boshqaruv organlariga
qaramdir.
Bu omilning tahlilidan kqrinadiki, markaziy banklar kapitali
egalarining tarkibidan qat`iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi
mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi.
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi
omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi.
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan
qanchalik darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil
bo`lib hisoblanadi. Birinchi qarashda, mamlakatlar o`rtasidagi farq
faqat Markaziy bankning boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim
tavsiya etishida namoyon bo`ladi. Ko`pgina rivojlangan davlatlarda
YAponiya, AQSH, Avstriya) bank rahbariyatiga xukumat tavsiya
etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun
bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan.
Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk
Britaniya, YAponiya, AQSH, Daniya, Avstriya, SHveytsariya va
Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a`zolarini
saylangan
muddatlaridan
ilgari
ishdan
bqshatib
bo`lmaydi.
Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo`lgan
markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya).
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko`rsatuvchi uchinchi
omil, uning qonunda ko`rsatilgan faoliyati darajasi va maqsadlari
hisoblanadi. Bu omil bir tomondan, Markaziy bank faoliyatini
erkinligiga chegara qqysa, boshqa tomondan, uning qonunda
ko`rsatilgan vakolatlarini aniqlaydi.
Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSH, SHvetsiya, Buyuk
Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta`rifi qonunda
qayd etilmagan yoki umumiy holda ko`rsatilgan, xolos. SHunday
bo`lsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq
bo`lgan markaziy banklar bordir.
247
SHunday qilib, bu omilning ta`sirini faqat Markaziy bankning
tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina kqrish mumkin.
Markaziy bankning vazifa va maqsadlari qonunda aniqlanish omili
shu sababli ikkinchi darajali rol’ qynaydi.
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning
pul-kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun bo`yicha
qanchalik darajada qrnatil-ganligidadir. Bu omil birinchi galda
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta`sir ko`rsatadi.
Mustaqillik darajasi nisbatan past bo`lgan markaziy banklarga
Frantsiya va Italiya markaziy banklarini misol qilib ko`rsatish
mumkin.
Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo`nalishini xukumat belgilashi
qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa, xukumat
ko`rsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini o`taydi.
Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab Frantsiya banki Moliya
Vazirligi
qaramog’idadir.
Pul
bozoridagi
interventsiyaning
tashabbuskori ham, nemis markasiga nisbatan frantsuz franki kursini
ushlash masalasi hamda Evropa Hamjamiyati bozorining tashkil
topishida valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham xukumat
ishtirok etmoqda.
Albatta, Frantsiya Markaziy banki tomonidan xukumatning pul-
kredit siyosatini tartibga solishdagi harakatini qoralab chiqishlar
bo`ldi. Masalan, 1982 yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga
binoan xukumatning kreditlayotgan summa miqdorini oshirishdan
bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar bo`ldi va Frantsiya
banki odatdagidek, Moliya Vazirligi ko`rsatmasiga bo`ysinishga
majbur bo`ldi.
AQSHning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda Nemis
Federal banki parlamentga hisobot bermaydi, u o`zfaoliyati vakolatini
“Nemis Federal banki haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi.
SHveytsariya, Italiya, SHvetsiya va Daniyada xukumatni
kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy
banklarining bu mezon bo`yicha davlatga qattiq qaramliklarini
ko`rsatadi.
SHular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy
(aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo`shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin.
Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini
belgilovchi asosiy ob`ektiv omillarga:
−
bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;
248
−
pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
−
xukumatni
Markaziy
bank
tomonidan
kreditlash
chegaralanganligining mavjudligi va qat`iyligini ajratib ko`rsatish
mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda
Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi
yuqoridagi tahlildan ko`rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi
darajasini belgilashda hal qiluvchi rol’ o`ynamaydi va ular ikkilamchi
omillar bo`lib hisoblanadilar.
YUqorida qayd etilganlar asosida xulosa qilish mumkinki,
rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari o`zlarini mustaqil ta`sir
o`tkaza oladigan institut sifatida ko`rsatishlari zarur. Bu bir tomondan,
ularga qonun asosida ruxsat etilgan vositalar yordamida iqtisodiyotni
tartibga solishni amalga oshirish huquqini beradi, boshqa tomondan
esa, Milliy bank va pul tizimi manfaatlarining ximoyachisi sifatida
maydonga chiqadi.
SHu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga
solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek,
mamlakat xukumati bilan o`zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz,
uning pul-kredit tizimi va xukumat organlari o`rtasida oddiy vositachi
emasligini, balki ma`lumot, tadqiqot, tartibga soluvchi va nazorat
qiluvchi markaz ekanligini alohida ta`kidlashni istardik.
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy bankning
mustaqillik darajasi
masalasi hanuzgacha
munozarali bo`lib
qolmoqda. Milliy pul birligi qadrini oshirish bilan bog’liq chora-
tadbirlar faqatgina pul-kredit sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit
butun iqtisodiyotga ta`sir qtkazadi, bu esa har qanday darajadagi
iqtisodiy siyosat bilan kelishishni va davlatning barqarorlashtirish
dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi. Bundan tashqari,
Markaziy bankning mustaqillik darajasi ko`pgina makroiqtisodiy
ko`rsatkichlarga faqat bilvosita ta`sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |