Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo`linishi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo`linishi 
mumkin. 
1.Tayyorgarlik bosqichi. 
Bu davrda bank muassislari o`rtasida bank tashkil etishga 
kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav 
kapitaliga qo`shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta`sis 
hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta`sischilar 
o`rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, 
uning asosida ta`sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, 
O`zbekiston Respublikasi «Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari 
haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aktsiyadorlik tijorat banklarining 
muassislari bank davlat ro`yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan 
majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo`ladilar. 
2. Bankni davlat ro`yxatidan o`tkazish bosqichi. 
Bu bosqich uch davrni o`z ichiga oladi: 
Bank ochish haqidagi ariza bilan O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar 
ilova qilinishi kerak: 
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta`sis etish bo`yicha xujjat; 


267 
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan 
hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta`sis shartnomasi. Ta`sis 
etuvchilar jismoniy shaxs bo`lganlarida ularning imzolari notarial 
tasdiqlanadi; 
-muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va 
muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi; 
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va 
ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini 
saylash haqidagi qarorlarni o`z ichiga olgan bank kengashi raisi 
tomonidan tasdiqlangan ta`sis yig’ilishining bayonnomasi. 
O`ayd etib o`tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning 
banklarni litsenziyalash departamenti ma`qullaganidan keyingina 
imzolanadi va tasdiqlanadi. 
Bo`lardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to`g’risidagi 
ma`lumotlar: bank kengashi a`zolari ro`yxati (kengash raisi, uning 
birinchi o`rinbosari) ko`rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy 
bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma`lumotlar, yangi 
tashkil etilayotgan bankning tashqiliy to`zilishi, ichki audit 
to`g’risidagi Nizomi, kredit siyosati to`g’risidagi Nizomi, biznes 
rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish 
vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy 
bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga 
muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish 
mo`ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim. 
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar 
(ta`sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo`ladi. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda 
yuqorida ko`rsatib o`tilgan hujjatlarga qo`shimcha ravishda yana 
quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: 
-tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi 
haqidagi qarori; 
-norezident bankning O`zbekiston Respublikasining chet eldagi 
konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi; 
-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan 
muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va 
xususan, qaytarib berish sharti bilan o`z mamlakatida pul depozitlari 
va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat; 


268 
-bank nazorati organining muassis bankning o`zi joylashgan va 
ro`yxatdan o`tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma 
tasdiqnoma; 
-muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun to`zilgan, 
auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda 
va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti; 
-bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning
ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki 
bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo`lgan davlatning qonun 
hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig’i. 
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy 
shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy 
shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo`ladi. 
Bo`lardan tashqari, xorijiy muassislar O`zbekiston Respublika- 
sida yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan banklarning 
ustav kapitalida ishtirok etgan taqdirda; 
-xorijiy norezidentning to`lovga qobiliyatliligi to`g’risida unga 
xizmat ko`rsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiqnoma; 
-O`zbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etilishida 
ishtirok etish uchun mazkur mamlakat nazorat organining roziligi; 
-muassis mansub mamlakatning savdo reestridan ko`chirma yoki 
yuridik maqomini tasdiqlovchi boshqa muqobil hujjat. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda bank kengashining kamida 
bitta a`zosi O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lishi lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tashkil etish uchun 
zarur bo`lgan barcha zarur hujjatlarni talab qilishga haqli bo`ladi. 
Taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bank tomonidan ikki oy muddat 
ichida ko`rib chiqilishi kerak. 
Markaziy bank bank faoliyati bilan shug’ullanishi uchun dastlabki 
ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan 
bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank 
rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes 
va moliyaviy reja ko`rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning 
binolar va uskunalar bilan ta`minlanganlik darajasiga ham e`tibor 
qaratadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin