Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


  16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 


269 
16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat 
banklarining tashqiliy tuzilishi.
Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat kklish 
funktsiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-
bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish 
-
banklar xisobotlarini tekshirish ,joylarda tekshirishlar utkazish, 
-
bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni 
nazorat qilish
.
Bank faoliyatini olib borishga litsenziya ( ruxsat) berish orkali 
markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini 
olib borish imkoniyatlarini aniklaydi.
Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni 
tekshirish, ichki audit xolatiga baxo berish xuquqiga ega. Bunda 
avvolom bor tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va kimmatbaxo
qog’ozlar holati, banklarning likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi. 
Tekshirish utkazishdan asosiy maksad: 
-bankning moliyaviy xolatiga obektiv 
baxo
berish, 
-bankni boshkarish sifatiga va uning raxbari faoliyatiga baxo 
berish, 
-bankning 
moliyaviy 
axvolini 
va 
uning 
bagkaradigan 
operatsiyalarining samaradorligini ta`minlash bo`yicha choralar ishlab 
chikish, 
-bank faoliyatining mavjud konunlar va normativ xujjatlarga 
muvofik olib borilishini ta`minlash va boshkalardan iborat. Markaziy 
bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma 
bo`yicha bajarilishini nazorat qilib boradi 
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor 
bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon 
hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro 
munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan 
mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, 
tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. 
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari 
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu 
qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish 
tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi . 


270 
Banklar respublika hududida o`z faoliyatlarini Markaziy bank 
tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining 
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”, “O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar 
huquqini himoya qilish to`g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari 
hamda bankka me`yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida 
amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul 
qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi 
to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi.
Ushbu nizomda O`zbekiston Respublikasi hududida banklarni 
ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari 
belgilab qo`yilgan bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi 
aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo`lgan zarurat bankni 
mamlakat iqtisodiy to`lov qobiliyatiga ta`sir etishi bilan bog’liq. Bank 
operatsiyalarini o`tkazuvni amalga oshirishi va ro`yxatga olinishi 
lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan 
keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o`tkazish huquqiga 
ega bo`ladi. Agar, bank O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun 
ro`yxatdan o`tmay faoliyat ko`rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof 
deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. 
Tijorat banki O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat 
ro`yxatidan o`tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik 
shaxs statusini oladi. 
YUridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta`sis etuvchilari 
hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda 
ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati 
to`g’risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga 
davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar 
mablag’lari, shuningdek kreditga olingan mablag’lar va garovga 
olingan mablag’lardan foydalanish man etiladi. 
Bank 
ta`sischilari 
o`z 
zimmasiga 
tegishli 
hujjatlarni 
rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani 
yaratish, 
mijozlar 
ko`lamini 
aniqlash, 
o`tkaziladigan 
bank 


271 
operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari 
lozim. 
Ta`sischilar ta`sis shartnomasi yoki aktsioner jamiyatni to`zish 
shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv 
shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta`sischilarning ustav 
kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. SHartnomada tomonlar 
majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. 
Bankni O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
ro`yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan 
keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. 
Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aktsiyadorlik 
jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy 
shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Har bir 
aktsiyadorning ustav kapitalidagi ulushi “Banklarni ro`yxatga olish va 
ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi Nizomda ko`rsatilishicha 
2000 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 
20 %, 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab 13% , 2002 yilning 1 
yanvaridan boshlab 7% dan oshmasligi belgilangan. SHuningdek 
banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat 
etilmaydi (ammo sho``ba banklar tashkil etish bundan mustasno). 
Banklarning aktsiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida 
ko`rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri 
shundan iboratki, bank aktsiyadorlari tarkibidan u ro`yxatga olingan 
kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. 
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo`lishlari 
va o`z ustavlari asosida faoliyat ko`rsatishlari kerak. Bank ustavida 
quyidagi moddalar o`z aksini topgan bo`lishi kerak: 
-bankning (to`la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) 
manzili; 
-bank ko`rsatadigan operatsiyalari ro`yxati; 
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro`yxati va ularning ustav 
kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; 
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, 
ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma`lumotlar; 
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlariga 
muvofiq 
belgilangan 
hisobotlar 
va 
auditorlik 
dasturlarining maqsadlari ko`rsatmalari. 


272 
Bo`lardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida 
nazarda tutilgan ma`lumotlar ham bo`lishi kerak. 
Qonunda 
ko`rsatilishicha, 
kreditga 
va 
garovga 
olingan 
mablag’lardan va soliqqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav 
kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan 
xollarda, qonunlarda ko`rsatilgan bo`lsa, byudjet mablag’laridan 
foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani 
shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo`lib, 
tijorat banklari faoliyatining to`xtashi va tugatishida muhim asosdir. 
Bank faoliyatini to`xtatish va banklarni tugatish “Banklar va 
bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-
sonli “Banklarni tugatish tartibi to`g’risida”gi Nizomda ko`rsatib 
o`tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o`z faoliyatini to`xtatadi: 
aktsiyadorlar yig’ilishining qaroriga ko`ra, Markaziy bank litsenziyani 
qaytarib olganda, bankrot deb e`lon qilinganda o`z faoliyatini 
to`xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro`yxatiga 
olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to`xtatilganligi matbuotda 
e`lon qilinadi. Faoliyatni to`xtatish va uni tugatish tartibi nizomda 
belgilab berilgan. 
Qonunda 
ko`rsatilishicha, 
kreditga 
va 
garovga 
olingan 
mablag’lardan va soliqqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav 
kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan 
xollarda, qonunlarda ko`rsatilgan bo`lsa, byudjet mablag’laridan 
foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Bank tashkil etilganiga qadar, ya`ni u davlat ro`yxatidan 
o`tkazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari 
haqiqiy hisoblanmaydi. 
Bank ro`yxatidan o`tkazilganidan keyin o`n kunlik muddat ichida 
soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur 
hujjatlarni taqdim qilish zarur. 
Bank ustaviga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish uchun bank 
aktsiyadorlar yig’ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq 
belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 
murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar: 
- ustavga o`zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi 
imzolagan iltimosnoma; 


273 
- bank aktsiyadorlarining ustaviga o`zgarish va qo`shimcha 
kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada); 
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o`zgarish va 
qo`shimchalar ro`yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin