263
amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy
shaxslar banklarning
aktsiyadorlarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin.
Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi
mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va
jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Xususiy banklar-jismoniy shaxslarning pul mablag’lari hisobidan
tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va
maxsus banklarga bo`linadi.
Universal banklar xilma-xil
operatsiyalar bajarish, xar xil
xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo`ladi. Maxsus banklar
ma`lum yo`nalishlarga xizmat ko`rsatib, o`z faoliyatini shu
yo`nalishlarda
yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi.
Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari,
ipoteka-zamin banklarini kiritish mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro,
respublika,
mintaqaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko`rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq
xo`jalik, savdo va boshqa banklarga bo`linishi mumkin.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
banklarning
roli,
ularning
iqtisodiyotga ta`siri o`sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi,
korxona,
tashkilotlar, kompaniyalarning bo`sh pul mablag’larini
yig’ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo`jalik faoliyatini
takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini ko`zatib
borishi mumkin.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar
o`rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o`rtasida taqsimlanadi
va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo`jaligi sohasida qo`shimcha
investitsiyaga bo`lgan
talablarni moliyalashtirib, banklar xalq
xo`jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta`minlashi mumkin.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng
bo`lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi
funktsiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni
kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
264
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish
va maslahat xizmatlarini
ko`rsatish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: