Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


bankning to`la iqtisodiy mustaqilligi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

bankning to`la iqtisodiy mustaqilligi
dir. 
Bu tamoyilga asosan bank o`z va jalb etilgan mablag’lardan mustaqil 
foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o`zi mustaqil ravishda 
tanlashi, kredit siyosatini mustaqil to`zishi va amalga oshirishi, foiz 
stavkalarini mustaqil o`rnatishi va o`zgartirishi, daromadlarni mustaqil 
ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi 
mumkinligi ko`zda tutiladi. Banklar faoliyati to`g’risidagi amaldagi 
huquqiy-me`yorlarga asosan barcha tijorat banklari o`z fond va 
daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. 
Tijorat bankining soliq to`lagandan keyingi qolgan foydasi 
aktsionerlarning umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. 
Aktsionerlarning umumiy yig’ilishi bankning har turligi fondlarga 
ajratmalarining norma va miqdorini, aktsiyalarga to`g’ri keluvchi 
divident summasini belgilaydi. 
Majburiyatlari bo`yicha tijorat banki o`z mablag’lari va mol-
mulki bilan javob beradi. Tijorat banki o`tkazadigan operatsiyalarning 
riskini o`z zimmasiga oladi. 
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari 
yotadi, ya`ni bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad
risk va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda beradi. 


262 
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to`rtinchi tamoyili 
bank 
faoliyatining tijoratlashuvi
bo`lib, bunda banklarning tijorat ob`ekti 
vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’lari hisoblanadi. Bu pul 
mablag’lari bankka tegishli bo`lmagan bo`lsada, faoliyati davomida 
bank ularni o`z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko`proq daromad olish 
tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi 
ulushi kam bo`lishi kerak. 
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish 
jarayonida iloji boricha ko`p daromad olishni mo`ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank 
tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog’liq 
faoliyat ko`rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo`lsa 
va xavfsizligi yuqori bo`lsa, bankning daromadi ham shuncha ko`p 
bo`ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir 
muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o`zining 
kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning 
daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O`isqacha qilib 
aytganda, bank faoliyati 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin