Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
1. Markaziy bank faoliyatining maqsadi, uning tashkiliy to`zilishi 
va funktsiyalarini yoriting?
2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi, vazifalari va uning 
tashkiliy to`zilishini ochib bering? 
3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; 
“banklarning banki” funktsiyasini yoritib bering? 
4. Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy 
oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasini tushuntirib bering? 
 
14-MODUL. MARKAZIY BANKNING AKTIV VA 
PASSIV OPERATSIYALARI 
 
14.1. Markaziy bankning aktiv operatsiyalari.
14.2. Markaziy bankning passiv operatsiyalari. 


232 
14.1. Markaziy bankning aktiv operatsiyalari.
 
O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta`sir etuvchi qudratli 
tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya`ni 
tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf 
etishiga to`g’ri keldi. 
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O`zbekiston 
iqtisodiyoti rivojlanishining o`zgaruvchan sharoitlarida faoliyat 
yuritib, zamonaviy ish uslublarini o`zlashtirgan holda tobora yangi 
qirralarga ega bo`la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir 
qarashlarda chinakam burilish yillari bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi 
 "Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi 
ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy 
banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat 
qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari 
tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil 
etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi 
ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 
yilning 1 iyulidan e`tiboran milliy valyuta — so`mning muomalaga 
kiritilgani 
mustaqil 
bank 
tizimining, 
umuman, 
O`zbekiston 
iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu 
Markaziy bank o`z faoliyatida to`liq mustaqil bo`lganini, kelgusida 
bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali 
tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan 
shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, 
valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va 
keyinchalik samarali to`lov tizimini yaratish bo`yicha faoliyati 
to`laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta`minlashga 
qaratildi. 
1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo`lgani 
bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O`zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to`g’risida”gi Qonun nafaqat bank 
tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy 
maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. SHu bilan bir qatorda 
mazkur yilda aholiga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, 


233 
shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini 
shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital 
hajmiga jalb etiladigan aholi jamg’armalari miqdorini cheklovchi 
qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli 
darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol 
namoyon bo`ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg’armalarining 98,5 
foizi Jamg’arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa 
banklar hissasiga to`g’ri kelgan bo`lsa, o`sha yil oxirida boshqa tijorat 
banklarining hissasi ham ko`payib, bu boradagi ko`rsatkich 12,8 
foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko`rsatkich 83,2 foizni 
tashkil etmoqda. 
1996 
yil. 
Ushbu 
yilda 
qabul 
qilingan 
O`zbekiston 
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonuni 
ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy 
asosini aniqlashtirdi. 
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O`zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to`g’risida”gi hamda “Banklar va 
bank faoliyati to`g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlarining 
ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar 
tajribasi inobatga olinganini alohida ta`kidlash joiz. Mazkur qonunlar, 
shuningdek, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini 
himoya qilish to`g’risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va 
aktsiyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit 
yaratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida ta`sir etgan ikki omilni 
ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar 
natijasida 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
monetar boshqaruv va bank nazoratining to`la huquqli organi bo`ldi. 
Ikkinchisi, O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati 
to`g’risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari 
faoliyatining huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank 
aktivlarini diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida 
universal 
tijorat 
banklarini 
shakllantirish 
printsiplari 
mustahkamlangan. 
Bu davrda iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga xizmat 
ko`rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday 
ixtisoslashuv qishloq xo`jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq 
xo`jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati 
bilan bog’liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o`z operatsiyalari 


234 
va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi 
darajasi va biznes-muhit talablariga ko`ra kengaytira boradi. 
Mazkur davrda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida 
shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli 
qonunchilik bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti 
bilan muvofiqlashtirildi. 
1997 yil. Ushbu yilda islohotlarning strategik yo`nalishlaridan 
biri bank sektorida xususiy kapital oqimini rag’batlantirishdan iborat 
bo`ldi. 
Mazkur jarayon 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
“Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni 
rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmoni e`lon 
qilinganidan so`ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan 
kam bo`lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim 
etish ko`zda tutilgan edi. 1997 yil bank tizimining rivojlanish tarixida 
bank faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan 
ahamiyatlidir. Ma`lumki, o`sha vaqtgacha respublika hududida 
amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo`yi olib borilar edi. 1997 yilning 
mart oyidan yangi dasturiy ta`minot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar 
avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to`lovlarni 
respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka 
joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi. 
Aynan o`sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va 
banklararo elektron to`lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. 
Banklarga o`sha vaqtdagi noyob imkoniyat — kompyuter va 
telekommunikatsiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular 
bilan jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag’larni o`z faoliyati 
uchun zarur uskuna-anjomlarni modernizatsiya qilishga yo`naltirishi 
hisobga olinib, qator soliq to`lovlaridan ozod qilindi. 
SHu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan 
yangi iste`molchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo`ldi. 
1998 yil. Ushbu yilda respublika banklari Bazel tavsiyalariga 
muvofiq holda faoliyat ko`rsatish uchun zarur tadbirlar amalga 
oshirildi. 
Bank nazorati 
va xalqaro amaliyoti bo`yicha Bazel 
qo`mitasining tavsiyalaridan kelib chiqib, tijorat banklari faoliyatini 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari doirasida tartibga soluvchi 


235 
kompleks me`yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligini ta`minlash maqsadida ular ba-
lansida mavjud muammolarni oldindan aniqlash hamda bank likvidligi 
pasayishi va kapital tugashi yuzaga kelishidan oldin ogohlantiruv 
choralarini ko`rish tamoyillaridan foydalanildi. 
1999–2000 yillar. Ushbu yillarda valyuta siyosati yanada 
liberallashtirilgan holda, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy 
valyutalar savdosi mexanizmi amalga kiritildi. 
Mazkur mexanizm vakolatli banklarning xorijiy valyutada talab 
va taklifdan kelib chiqib, o`z mijozlaridan shartnoma asosida erkin 
kurs bo`yicha valyutalarni sotib olishini ko`zda tutadi. 
2000-2010 yillar. Mazkur davr O`zbekiston bank tizimini 
mustahkamlashda salmoqli yutuqlarga erishilgani bilan ahamiyatlidir. 
Aynan shu yillarda zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank 
tizimini tashkil etish bilan bog’liq ishlar amalga oshirildi. 
Bank tizimi oldiga uning rivojlanish istiqbollarini belgilab 
beruvchi strategik vazifalar qo`yildi. Vazifalarning birinchisi banklar 
moliyaviy barqarorligini oshirish va ichki bozorda moliyaviy 
xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat bo`lsa, ikkinchisi — 
O`zbekiston banklarining xalqaro kapital bozorida faolligini 
ta`minlashdir. 
Mazkur davrda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimov mamlakatimiz moliya-bank tizimini rivojlantirish, uning 
faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash masalalariga 
yanada ko`proq e`tibor qaratdi. SHu munosabat bilan qator etakchi 
banklar (“O`zsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki va boshqalar)ning 
kapitallashuv darajasini oshirish bo`yicha muhim qarorlar qabul 
qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” 
ustav fondini ko`paytirish to`g’risida”gi Farmoni mazkur bankni 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo`yicha 
asosiy kredit markazlaridan biriga aylantirgan holda uning faoliyatini 
sifat jihatidan yanada yaxshiladi. 
Ushbu davrdagi har bir yil mamlakat bank-moliya tizimining 
izchil rivojlanishida yangi bosqich sifatida qayd etiladi. 
2001 yil. Ushbu yilning 1 iyulidan e`tiboran kichik biznes 
korxonalari o`zlari ishlab chiqargan eksport tovarlar (ish va 
xizmatlar)ni bank muassasalari kassalari orqali belgilangan tartibda 
valyuta ulushini o`z hisobiga o`tkazish yo`li bilan naqd xorijiy 


236 
valyutada amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Respublikamiz 
hukumati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirishni 
hamda uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish 
borasida muhim qadam qo`ydi. Aynan shu yili erkin ayirboshlovchi 
valyutadagi Birlashgan barqarorlashgan jamg’arma tashkil etildi. Bu 
o`z navbatida, O`zbekistonda birjadan tashqari valyuta bozorini 
yanada rivojlantirishning muhim vositasi bo`lib xizmat qildi. 
Bu vaqtda bank tizimi bilan xususiy sektor o`rtasidagi 
hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur hamkorlik rivojiga 
turtki bergan muhim omillar sifatida banklar tomonidan xizmat 
ko`rsatish sifatining tobora yaxshilanishi, banklarda raqobatchilik 
muhitining yuzaga kelishi, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo`llab-
quvvatlash bilan bog’liq jarayonlarni ko`rsatish mumkin. Aynan shu 
davrda banklar kreditlash siyosati kuchayganini, mijozlar so`rovlarini 
sinchkovlik bilan o`rgana boshlaganini va bank xodimlarida 
mijozlarning talab-ehtiyojlariga javoban tez harakat qilish qobiliyati 
shakllanganini yaqqol kuzatish mumkin. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin