Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Xalqaro kredit. 
Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda 
(davlatlar o`rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga 
kelishiga olib keladi. Xalqaro kreditga xalqaro miqyosda xarakat 
qiluvchi kredit munosabatlari to`plashi sifatida qarash zarur. 
Kreditning 
bu 
shaklini 
bevosita 
ishtirokchilari 
millatlararo 
moliyakredit institutlari, tegishli davlat hokimiyati, kredit tashkilotlari 
va alohida yuridik shaxslar bo`lishi mumkin.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxsi 
tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa yuridik 
shaxslariga muddatlilik va to`lovlilik asosida beriladigan kredit 
hisoblanadi. 
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan 
munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa 
tovar shaklida bo`lishi mumkin.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 
* mamlakatlar o`rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini 
ta`minlaydi; 
* kapitalning kontsentratsiyalashuviga va markazlashuviga 
sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi; 
* har xil valyutalarda xalqaro hisobkitoblarni olib borishda 
muomala xarajatlarini qisqartiradi. 
Xalqaro kreditlar xarakteri bo`yicha – davlatlararo, xususiy, firma 
kreditlariga; 
– shakli bo`yicha – davlat, bank, tijorat; 
– tashqi savdo tizimida tutgan o`rni bo`yicha – eksportni 
kreditlash, importni kreditlashga; 
– muddati bo`yicha – qisqa muddatli1 yilgacha, uzoq muddatli 5 
yildan ortiq muddatga; 
– ob`ekti bo`yicha – tovar va valyuta; 
– ta`minlanganligi bo`yicha – tovarmoddiy boyliklar bilan yoki 
hujjatlar bilan ta`minlangan kreditlarga bo`linadi. 
Kredit xar kanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab 
chikarit maxsuli, kiymatning xarakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi 
o`rtasidagi 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
ifodalovchi 
kategoriyadir.Keditning moxiyati uning ichki belgilarini ochib 


189 
berishga karatilgan. Kreditning moxiyatini ochish - bu uning 
sifatlarini, kreditning muxim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar 
tizimining bir elementi sifatida ko`rsatuvchi asoslarini bilish 
demakdir. 
YUqoridagi fikrlarga asoslangan xolda kreditning ba`zi muxim 
tomonlari aniqlanadi: 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin