190
Bundan tashqari, kredit kredit munosabatlari tarkibining elementi
sifatida kreditning ob`ekti yuzaga keladi.
Bunda qarzga berilgan mablag o`z kiymatini saqlab qolishi
kreditning asosiy xususiyati xisoblanadi. Kredit tarkibi uning
elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning xarakat bosqichlari
xam uni muxim belgisi
xisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat xarakatini quyidagicha
ifodalash mumkin:
B
k
-O
kz
-I
k
- V
r
- +
k
- F
ks
B
k
- kreditning berilishi;
O
kz
- kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik
extiyojini qondirish uchun olinishi;
I
k
- kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda
olinganligi bilan uzviy bog’lik bo`ladi;
V
r
- qarz oluvchining xo`jaligida
qarzga olingan qiymatning
aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishdan chikarilishini
ifodalaydi;
Q
k
- kreditni qaytarish;
F
ks
- vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo`liga qaytib
kelishi (foiz bilan).
Kredit moxiyatining taxlili uzluksiz jarayon. Bunda taxlil
jarayonida
yangidan yangi beligilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi
mumkin.
Kredit mexanizmini tashkiliy iqtisodiy elementlaridan biri kredit
ob`ektlaridir. Kredit ob`ektlari deyilganda kredit beriladigan aniq
maqsad
yoki
uning
nimaga
mo`ljallanganligi
tushuniladi.
Xo`jaliklarga beriladigan kreditlarni ishlab
chiqarish fondlarining
aylanishi bilan uzviy bog’liqligi korxona va tashkilotlarni kredit berish
jaryonini 2 sferaga ajratishni taqazo etadi:
1.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatini kredit berish.
2.
Kapital xarajatlar va quyilmalarni kredit berish.
Kredit berish bu tarzda 2 sferaga ajratish aylanma va asosiy
fondlarning aylanishlaridagi xususiyatlar bilan belgilanadi. Ma`lumki,
aylanma mablag’lar o`zlarining harakatchanligi aylanish tezligining
kattaligi va ularni tashkil etishga beriladigan kreditlarning muddatini
qisqaligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: