Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

ta`minlanganligi
da ssudaning ta`minlanganligi kredit 
berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar 
zahiralari, ko`chmas mulki yoki ishlab chiqarish xarajatlari 
summasiga mos kelishi bilan belgilanadi. Bu o`z navbatida kreditni 
o`z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. Olingan 
kredit mablag’lari korxonada ishlab chiqarish zaxirasi, tugallanmagan 
ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy 


192 
boyliklarni ta`minlash uchun beriladi. Bu tamoyil asosan korxonalarga 
berilgan ssudalar yoki tomonlar majburiyatlari bilan real ta`minlanadi. 
O`zbekiston Respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank 
amaliyotiga 
yaqinlashib 
borayotgan 
sharoitda 
kreditning 
ta`minlanganligi sifatida tovar - moddiy boylik va xarajatlardan 
tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari ham amaliyotda keng 
qo`llanilmoqda. Bu holat bank risklarini kamaytirgan holda 
kreditlarning bankka o`z vaqtida qaytishini ta`minlaydi. Ssudaning o`z 
vaqtida qaytarilishini ta`minlash uchun kredit shartnomasiga ko`ra 
qarz oluvchi garovga ma`lum qiymatga ega bo`lgan mol - mulkni 
qo`yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o`z vaqtida 
qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko`riladi. Kredit 
miqdori garovga qo`yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 
foizigacha miqdorida beriladi. 
Kreditning to`lovlilikida
 
olingan kredit uchun haq to`lash yoki 
foizidir. Bunda shartnomaga ko`ra kredit oluvchi korxona o`z ehtiyoji 
uchun kreditga olgan pul mablag’laridan vaqtincha foydalanganligi 
uchun bankka belgilangan haqni to`lashi lozim. Amaliyotda bu 
tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bankning 
foiz stavkasi bu kreditning "narxidir". Kredit uchun haq to`lash 
korxonalarni xo`jalik hisobiga shu jumladan resurslarni ko`payishiga 
hamda jalb qilingan mablag’lardan foydalanishga ta`sir etadi. Bank 
muassasalari kredit foizi hisobidan o`z xarajatlarini qoplaydi. Kredit 
uchun haq to`lash tamoyili qarzga olingan mablag’lardan unumli 
foydalanish va kreditni qaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida 
korxonaga iqtisodiy ta`sir ko`rsatish vositasidir. Bank foizi kredit 
turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati o`tib ketgan 
kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarish 
muddati shartlariga qat`iy ravishda rioya qilishga yordam beradi. 
O`zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit to`lovi miqdorini 
belgilashda ahamiyat beradigan quyidagi asosiy tamoyillar mavjud. 
Bular: 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
tijorat banklariga beriladigan ssudalar bo`yicha o`rnatilgan qayta 
moliyalash foiz stavkasi;

banklararo kredit bo`yicha o`rtacha foiz stavkasi, ya`ni 
aktiv operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklardan 
sotib olingan resurslar bo`yicha;


193 

turli depozit hisobvaraqlar bo`yicha mijozlarga bank 
tomonidan to`lanadigan o`rtacha foiz stavkasi;

bankning kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag’lar 
hissasi yuqori bo`lganda kredit narxi ham yuqori bo`ladi);

kreditga bo`lgan talab;

talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya`ni uning 
ta`minlanganligiga bog’liq ravishda risk darajasi;

mamlakatdagi pul aylanishini muvozanati(inflyatsiya 
sur`ati yuqori bo`lsa kredit shunchalik qimmat bo`ladi, chunki 
pul qadrsizlanishi tufayli bankning o`z resurslarini yo`qotish 
riski ortadi) va boshqalardir;

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin