Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

12.4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari. 
Kredit moliya-tizimining barqarorligining ta`minlash, uning 
aloxida bo`g’inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini 
barqarorligini ta`minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi 
xisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit 
organlarini (tizimini) faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan 
iboratdir.
Uzok yillar mobaynida tijorat banklari va emission 
banklarining bajaradigan funktsiyalari qo`shilib ketdi. Bular qatoriga 
banknotlarni emissiya qilishning markazlashuvi bir qo`lda yoki bir 
necha banklarning qo`lida ya`ni davlatning maxsus qonuniy 
dalolatnomalari bilan qo`llab-quvvatlanadigan banklar qo`lida ushlab 
turishi, keyinchalik esa ular orasidan yiriklarini ajratib so`ng emissiya 
chiqarish xuquqini berilishini, yoki aloxida markaziy emission banklar 
deb nomlanuvchi banklarning paydo bo`lish jarayonlarini misol qilib 
keltirish mumkin.
Zamonaviy ikki pog’onali bank tizimi ko`p sonli tijorat banklari 
va yagona Markaziy bankga asoslangan bank tizimi shu yo`l bilan 
vujudga keldi. Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, 
Angliya banki, Frantsiya banki, Bundes bank, YAponiya banki, 
SHvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va xakozo yagona 
banklardan tashkil topadi. Birok AKSH Markaziy bank 12 xududiy 
Federal banklardan, ya`ni federal zaxira tizimi (FZT) boshkaruv


219 
kengash tomonidan boshkariladigan bo`limlardan iboratdir. Markaziy 
bank kapitaliga bo`lgan mulk shakliga ko`ra ular Davlat (kapital 
davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo`linadi.
Ba`zi Markaziy banklar Davlat banklari ko`rinishlarida 
shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes 
banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo 
bo`lgan ) sifatida shakllandi. Ba`zi Markaziy banklar- oldin xususiy 
bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), Frantsiya banklari (1800y.) 
sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. 
Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AKSH FRT (Federal 
Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv 
asosida paydo bo`lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga 
kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan 
banklar kiradi. Bu guruxlar katoriga kiruvchi YAponiya banklar 
(1882y.) misol qilinib keltirilishi mumkin. Konun buyicha 1942yilda
55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda
Markaziy bank xuquqiy me`yorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi 
(belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy 
banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin
Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o`zida 
mujassamlashtirilgan o`zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo`lib 
qoladi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining 
asosiy qismi bo`lib xisoblanadi. Markaziy bank- birinchi urinda 
davlat va iqtisodiyot o`rtasida vositachi bo`lib xizmat kiladi. Ammo 
Markaziy bank o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib ko`ymaydi. 
Markaziy banklarning paydo bo`lishi quyidagi sabablar bilan 
belgilanadi: 
1. Naqd pullarni emissiya qilishning bitta markazda 
to`planishining zarurligi 
2. Tijorat banklarining inqiroz paytida naqd pul emissiyasi 
bo`yicha majburiyatlarini taminlay olmasdi. Bunga misol qilib , 1907-
yilda AQSHdagi inqirozni aytish mumkin. 
3. Davlatni moliyaviy tang, og’ir ahvoldan qutqarish. Angliya 
Markaziy bankining monarz Karl II ni davlat moliya majburiyatlarini 
bajarish uchun tashkil etilgan. 
4. Xususiy tijorat banklarining o`zi ham pul emissiya qilishdan 
bezib qolishdi. (
Senvoraj-
naqd pul emissiyasidan olinadigan daromad) 


220 
Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan 
bajariladigan operatsiyalar quyidagi turt guruxga (turga) bo`linadi: 
1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish; 
2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi; 
3. Markaziy bank- xukumat bankiri hisoblanadi; 
4. Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank 
nazoratini amalga oshiradi. 
Markaziy banklarga davlat vakili sifatida qonuniy tarzda 
banknotlarni monopol ravishda emissiya kilish biriktirilgan, ya`ni 
umummilliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Ta`kidlash 
kerakki, 
sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
banknotalar 
pul 
massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy 
bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan. 
Biroq, banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul 
zaxiralarini tashkil kiluvchi, chakana pul muomalasini nakd 
banknotalar bilan ta`minlash va kredit tizimini likvidliligini ta`minlash 
vositasi xisoblanadi. Bu funktsiyalar nakd pul muomalasi ulushi 
sezilarli bo`lgan mamlakatlarda katta axamiyatga egadir. 
Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan xech 
qanday faoliyat olib bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo`lib tijorat 
banklari xisoblanadi. Tijorat banklari iqtisodiyot va Markaziy bank 
orasida (o`rtasida) vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadilar. Markaziy 
banklar banki sifatida tijorat banklarining zaxiralarini saqlaydi, 
jumladan, majburiy zaxira talablari shaklidagi pul mablag’larini 
saqlaydi, ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat 
banklarining Markaziy bankda ochadigan xisob varaqlari orqali 
(O`zbekiston Respublikasi- xisob-kassa markazi) mamlakat miqyosida 
naqkd pulsiz xisob-kitoblarni amalga oshiradilar; banklar va boshqa 
kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradilar.
Kapitalidagi mulk shaklidan qat`iy nazar Markaziy bank davlat 
bilan o`zviy bog’liqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank 
xukumat g’azinachisi o`rnida va kreditori sifatida, vakili (agenti), 
Moliyaviy maslaxatchisi sifatida faoliyat olib boradi.(ishtirok etadi). 
Bu 
o`rinda 
Markaziy 
bank 
xukumat 
tashkilotlarining 
va 
korxonalarning xisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa 
tushumlarni yig’adi, to`lovlarni amalga oshiradi. Markaziy bank
qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. 
Davlatga soliqlar va zayomlardan (obligatsiyalardan) tushgan 


221 
daromadlar xukumat xarajatlarini qoplovchi Markaziy bankdagi 
kaznacheyliklikning foizsiz raqamiga o`tkaziladi. (Moliya vazirligi). 
Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat 
zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o`zining 
portfelini to`ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga 
(xukumatga) tugri gazna kreditlarini berish bilan shugullanadi. 
Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko`pgina mamlakatlarda 
Markaziy bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish 
funktsiyalari kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish 
uchun usullardan foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining 
kurslariga ta`sir ko`rsatish maqsadida ularni sotadi va sotib oladi, 
sotish shartlarini o`zgartiradi, turli yo`llar bilan xususiy investorlar 
uchun ularni jozibadorligini oshiradi. 
Davlatning vakili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank 
mamlakatning oltin-valyuta zaxiralaridan foydalanadi, milliy pul 
birligi kursini ushlab turish uchun valyuta bozorlarida valyuta 
intervitsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy bank xalqaro 
valyuta-kredit tashkilotlarda o`z mamlakati nomidan qatnashadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin