Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

“hamma narsa mijoz uchun”
degan 
tamoyilga asoslangan bo`lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun 
to`laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini 
ta`minlaydi. 
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot 
hisoblanadi. SHeriklik munosabatlari ikki tomonning o`zaro 
qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi 
lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta`minlashni birinchi 
o`ringa qo`yishi lozim. 
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar 
ko`rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning 
universallashuvi
va 
diversifikatsiyasi
bo`lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va 
sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad 
olishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. 
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat`iy nazar 
ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. 
Oldingi paragrafda ta`kidlanganidek banklar aktsiyador jamiyat 
kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo`lishi 
mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yo`li bilan 


263 
amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning 
aktsiyadorlarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin. 
Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi 
mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va 
jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. 
Xususiy banklar-jismoniy shaxslarning pul mablag’lari hisobidan 
tashkil qilingan banklar hisoblanadi. 
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va 
maxsus banklarga bo`linadi. 
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, xar xil 
xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo`ladi. Maxsus banklar 
ma`lum yo`nalishlarga xizmat ko`rsatib, o`z faoliyatini shu 
yo`nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. 
Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, 
ipoteka-zamin banklarini kiritish mumkin. 
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika
mintaqaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin. 
Tarmoqlarga xizmat ko`rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq 
xo`jalik, savdo va boshqa banklarga bo`linishi mumkin. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
banklarning 
roli, 
ularning 
iqtisodiyotga ta`siri o`sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, 
korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo`sh pul mablag’larini 
yig’ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo`jalik faoliyatini 
takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini ko`zatib 
borishi mumkin. 
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar 
o`rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o`rtasida taqsimlanadi 
va qayta taqsimlanadi. 
Sanoat, transport, qishloq xo`jaligi sohasida qo`shimcha 
investitsiyaga bo`lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq 
xo`jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta`minlashi mumkin. 
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng 
bo`lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 
-vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni 
kapitalga aylantirish; 
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; 


264 
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish; 
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish; 
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini 
ko`rsatish va boshqalar. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin