265
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi.
Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga
o`tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning
ma`lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu
holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. SHuning uchun
ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib
boradi.
Tijorat banklarining muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni
olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o`rtasida
vositachi bo`lib xizmat qiladi.
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylash-tirish
bilan ham shug’ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida
mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar,
kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga
jiddiy daxldor
bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon
hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro
munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan
mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi,
tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu
qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish
tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi .
Banklar respublika hududida o`z faoliyatlarini
Markaziy bank
tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”, “O`zbekiston Respublikasi
Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar
huquqini himoya qilish to`g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari
hamda bankka me`yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida
amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999
yilda qabul
qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi
to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda
O`zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro`yxatga olish va
ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo`yilgan
266
bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik
jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Ssuda kapitalisti o`z bo`sh
kapitalini karzga bersa, bankirlar
asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda
kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank
foydasi xisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot,
davlat muassasalari,
axoli bo`sh pullarini jalb qilish orkali katta xajmdagi kapitalni o`z
kullarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital xarakatini
boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi
va
ular faoliyatining
takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga
aylanishiga olib keladi.
SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan bo`sh
mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini
taqsimlashni uy ichiga
oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu
daromad bank jalb kilgan resurslarga yo`llaydigan foiz bilan
joylashtirgan resurslari bo`yicha oladigan foiz urtasidagi farqdan
iborat bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: