Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
20.3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni.
 
Xalqaro valyuta munosabatlari-bu valyutalarning davlatlararo 
harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. 


328 
Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to`lov vositasi 
vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi 
qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 % 
dan ortiq) xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo`lgan etakchi 
valyutalar orqali amalga oshiriladi. 
Jaxonda o`z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo`lgan 
banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank xisoblanadi. 
Ba`zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga xisobot beradi- 
Ko`pgina hollarda Markaziy banklar o`z faoliyatida mustakil bo`lsada, 
shu bilan birga davlat banki xisoblanadi: 
Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 
-banknotalar (nakd pullar) emissiyasi, 
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash, 
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni 
muvofiqlashtirish, 
Davlatning oltin-valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. 
Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob 
toshlarni valyuta zaxiralarini boshkaradi. Davlatning rasmiy oltin-
valyuta zaxiralari xalqaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-
kitoblar bo`yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon 
bo`ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy kismi Markaziy 
bank ixtiyoriga berilgan bo`ladi. Ba`zi davlatlarda oltin zaxiralar 
moliya ministrligi ixtiyorida bo`lib, markaziy bank oltin bilan bog’liq 
operatsiyalarni olib boradi. 
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o`zida yig’adi 
va bu rezervlar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to`lov 
balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining 
barqarorligini ta`minlash uchun ishlatiladi. 
Markaziy bank orqali davlatning iktisodiy siyosati, yanada 
aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy 
bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodini boshkarish 
siyosatining bir kismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, 
foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali 
bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog’liq bo`lgan chora-
tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi. 
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi 
milliy valyuta 
barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona 
o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan 


329 
foydalanishning samaradorligini oshirish va iktisodiyotning barkaror 
o`sishini ta`minlashdan iborat. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin