35
Bank kartalari (kredit va debet) - elektron to`lov vositasi bo`lib
hisoblanadi va elektron pul deb ataladigan turga kiradi.
Elektron pul
- bu elektron shakldagi pul, uni tasarruf etish
maxsus elektron moslama yordamida amalga oshiriladi, ammo bu
qurilma
hamma joyda mavjud emas, bu ularni universal muomala
xususiyatlaridan mahrum qiladi. Ushbu holatlar bilan bog’liq holda,
veksellar, cheklar, bank kartalari muomalaning kredit vositalari deb
nomlanadi.
Muomaladagi kredit vositalariga pulning barcha
xususiyatlariga ega bo`lmagan qiymatning
kredit belgilari sifatida
ta’rif berish mumkin. Pul bo`lmasdan, kredit vositalari osonlikcha
yo`qotish xavfi bo`lmagan pulga aylanishi mumkin. Shuning uchun
ular pul surrogatlari yoki yarim pullar deb nomlanadi. Kvaziy pullarga
shuningdek muddatli va jamg’arma depozitlari,
chet el valyutasidagi
depozitlar, depozit sertifikatlari va ba’zan qisqa muddatli davlat
qimmatli qog’ozlari kiradi. Jadval 1.1da Pul va kvaziy pullar shakllari
va turlari berilgan.
1.1-jadval - Pul va kvaziy pul shakllari, turlari hamda ularga
tavsif
Pul shakli va
kvaziy pul
Pul va kvaziy pul turlari
Haqiqiy pul
Metall pul.
Oltin va kumushdan yasalgan qutilar.
Oltin va kumush tangalar.
Qog’oz va kredit
pullar
Qog’oz pullar (G’aznachilik biletlari).
Kredit pullari: banknotalar (naqd pul).
Hisobvarag’idagi talab qilib olinadigan
mablag’lar
Kvazi pullar
Kvazi pul muomalasi, kredit vositalari: veksellar;
cheklar; bank kartalari. CHet el valyutasida
muddatli depozitlar, jamg’armalar.
Depozit sertifikatlari.
Qisqa muddatli davlat qimmatli qog’ozlari.
Dostları ilə paylaş: