Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Jamg’arish funksiyasi
. Bu pulning jamlangan boylik 
shakliga kirib o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi 
bo`lib xizmat qila olshidir. Pul qog’oz yoki tanga bo`lgani uchun 
boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma 
narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun 
boylik hisoblanadi. Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, 
chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul hamma yerda unga belgilangan 
nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun qabul qilinadi. Pul 
boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligasiya, 
sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyatsiya 
bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa narxi-qadri 
o`zgarib turadi. Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz 
bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan vaqtda xohlagan tovarga aylantirish 
imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, chunki unga 
cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. 
Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, uy-
joy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligasiya va boshqalar 
shaklida ham jamg’arish mumkin. Adabiyotlarda pul xazina to`plash 
vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat o`zining 
real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi.
Qog’oz pullar
asosan 
muomila va to`lov 
vazifasini bajaradi.
Aholining qo`lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar 
jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob 
raqamlaridagi pul mablag’lari ham to ishlatilgunga qadar jamg’arish 
vositasi funksiyasini bajaradi. Jamg’arish vositasi funksiyasining 
alohida holati xazinalarni shakllantirish vositasi vazifasi bo`lgan.
Jamg’arish funksiyasining vazifalari (tanga, quyma): 
• xazinalar pul muomalasini avtomatik ravishda o`z-o`zidan 
tartibga soluvchi vazifasini bajargan; 
•xazinalar 
banknotalar 
muomalasining 
barqarorligini 
ta’minlaydi. 
Zamonaviy oltin xazinalari pulning inflyatsion pasayishidan 
sug’urta sifatida foydalaniladi. Rasmiy oltin zaxiralari xalqaro likvid 
aktiv sifatida xizmat qiladi, uni jahon bozorida tovarlarni sotib olish 
yoki xalqaro qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan valyutani olish uchun 
sotish mumkin. Hozirgi bosqichda xazinalardagi oltinni milliy yoki 


30 
jahon bozorida to`g’ridan-to`g’ri sotib olish yoki to`lash vositasi 
sifatida ishlatish mumkin emas. 
4.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin