Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
1.3. Pulning funksiyalari. 
 
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy 
maktab olimlarining qarashlari mavjud: 
1.
 
Yevropa maktabi. 
2.
 
Amerika maktabi. 
Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga 
kelgan: 
1.
 
Qiymat o`lchovi funksiyasi.
Pullar tovarlar va boshqa 
tovarlarning narxlarini belgilash orqali ularning qiymati va 
foydaliligini (foydalanish qiymatini) ifodalash uchun ishlatiladi.
Narx 
tovar qiymati va foydaliligini pul ifodasi sifatida ishlaydi. Tovar narxi 
o`rtacha qiymatga teng, ammo talab va taklifga qarab u o`zgarib 
turadi va ushbu qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Barcha 
tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo`lgan pulda 
o`lchanadi. 
Pulning o`zi hech qanday narxga ega emas. Ular sotib 
olish qobiliyatiga ega, bu ularning ma’lum miqdordagi tovarlar va 
xizmatlarga almashtirish qobiliyati sifatida tushuniladi. 
Qog’oz 
pul 
Moliya 
vazirligi 
tomonidan 
muomalaga 
chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo`lgan 
kupyuralar AQSH G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. 
AQSHda Moliya vazirligi yo`q. Bu vazifani AQSH G’aznachiligi 
bajaradi.


28 
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. 
Kredit pullar bu banknotalar bo`lib, Markaziy banklar tomonidan 
muomalaga chiqariladi. O`zbekistonda muomaladagi barcha pul 
birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O`zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki aktivlari bilan ta`minlanadi. 
Qiymatni o`lchash funksiyasi narxlar shkalasi asosida amalga 
oshiriladi. Bu har xil narxdagi tovarlar narxlarini taqqoslash uchun 
kerak.
Narxlar shkalasi bu pulning texnik funksiyasidir, u yordamida 
qiymatni o`lchash funksiyasini bajariladi.
1.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin