Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Obligatsiyalar 
– o`z egasiga qat`iy belgilangan foiz 
ko`rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz.
 
-
Davlatning xazina majburiyatlari. 
-
Depozit sertifikatlar –
bu tijorat banklari tomonidan 
korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larni jalb qilish 
maqsadida chiqariladigan qimmatli qog’oz. 
-
Jamg’arma sertifikatlari –
bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi 
vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larni banklarga jalb qilish maqsadida 
chiqariladigan qimmatli qog’oz. 
-
Tijorat veksellari 
– tijorat veksellari tovarlar kreditga 
sotilganda yoziladi. Vekselni mol yetkazib beruvchi to`ldiradi. Sotib 
oluvchi esa vekselga mas`ul shaxsning imzosi va muhr qo`yadi. Ana 
shundan keyin veksel sotib oluvchining mol yetkazib beruvchi 
oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat 
vekseli pulning to`lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni 
indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin

Indassament-
vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus 
yozuv.Vekselni 
boshqa 
shaxsga 
uzatgan 
shaxs 
indossant 
deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi. 
-
Cheklar
– unda ko`rsatilgan summani to`lash to`g’risidagi 
topshiriqdir. Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari 


54 
qo`llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko`ra cheklarning jiddiy 
kamchiligi ularni chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning katta 
ekanligidir. AQSH da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 
mlrd.$ xarajat qilinadi. 
-
Bank aktseptlari
– aktsept so`zi lotincha so`z bo`lib qabul 
qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aktsepti deganda bank 
tomonidan tijorat vekseli va chek bo`yicha to`lovning kafolatlanishi 
tushuniladi. 
To`lov aylanmasining mutlaq asosiy 75-80% ini pul 
aylanmasi tashkil qiladi.Chunki pul eng yuqori likvidli aktiv 
hisoblanadi. 
Pul aylanmasi 2 yirik qismdan iborat: 
1.
Naqdsiz pul aylanmasi 
2.
Naqd pul aylanmasi 
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag’larining to`lovchining 
bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko`chirish 
shaklidagi harakatlarining yig’indisidir.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin