Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

6.15-rasm. Manba:
Markaziy bank hisob-kitoblari. 
Inflyatsion kutilmalar indeksi – kelgusida kutilayotgan inflyatsiya 
darajasini aniqlash bo`yicha berilgan savollarga respondentlar 
tomonidan belgilangan barcha javoblarning balanslashtirish usuli 
orqali umumlashtirilgan ko`rsatkichi. Indeks diapazoni 0 dan, barcha 
respondentlar narxlar pasayishini ko`rsatgan taqdirda, 1000 gacha, 
barcha respondentlar narxlar yuqori darajada oshishini kutayotganda. 


134 
2018 yil iyun oyidan boshlab aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining
inflyatsion kutilmalari oshishi kuzatildi. Bu qishloq xo`jalik 
mahsulotlari narxlarining mavsumiy o`sishi, ish haqi va kommunal 
to`lovlar tariflari oshishi bo`yicha kutilmalar bilan izohlanadi. Bundan 
tashqari, 2018 yil avgust oyidan boshlangan milliy valyuta kursining 
deval’vatsiyasi kutilmalarning oshishiga o`z hissasini qo`shdi. 
Umuman korxonalarning inflyatsion kutilmalari aholinikiga nisbatan 
ijobiyroq bo`ldi, ya`ni sentyabrdagi so`rovlar natijalariga ko`ra, ular 
jismoniy shaxslarga nisbatan narxlarning kamroq oshishini kutishgan. 
Xususan, yuridik shaxslarning 48 foizi narxlar o`sishi keyingi 12 oy 
ichida 13 foizdan oshmasligini ko`rsatgan bo`lsa, shunday 
kutilmalarga ega jismoniy shaxslarning ulushi 42 foizni tashkil etdi (-
rasm). 
Inflyatsion kutilmalar, o`z navbatida, iqtisodiy agentlarning 
narxlar darajasiga bo`lgan ishonchini aks ettirib, ularning iste`mol 
talabi shakllanishiga ta`sir etadi. SHu bilan birga, inflyatsion 
kutilmalarga asoslanib aholi o`z jamg’armalarini tasarruf qiladi. 
Jumladan, yuqori inflyatsion kutilmalar jamg’armalarni iste`molga 
sarflashga yoki jamg’arma o`rnini bosuvchi boshqa yuqori likvidli 
tovarlar xaridiga yo`naltirishga rag’bat uyg’otib, shu yo`l bilan 
iste`molga bo`lgan talabni orttiradi. SHuningdek, yuqori inflyatsion 
kutilmalar sharoitida aholi jamg’armalarini qadrsizlanishdan saqlash 
maqsadida ularni xorijiy valyutaga ayirboshlashi iqtisodiyotning 
dollarlashuv darajasining oshishiga olib keladi. 
So`rov natijalariga ko`ra, hozirgi vaqtda respondentlarning yarmi 
o`zlarining jamg’armalarini tadbirkorlikka yo`naltirishga tayyorligini, 
boshqa qismi esa jamg’armalarini joriy iste`molga sarflashini 
bildirgan Bu bilvosita respondentlarning inflyatsiyaning kelgusi 
dinamikasi borasida ikkilanayotganliklarini va iqtisodiyotda kelgusi 
narxlar darajasi bo`yicha noaniqliklar mavjudligini ko`rsatadi. 
Bunda jamg’armalarning tadbirkorlik maqsadida ishlatilishi 
iqtisodiy faollikka ijobiy ta`sir ko`rsatib, kelgusida yalpi taklif 
oshishiga yordam beradi. Ushbu jarayon bilan bir vaqtda investitsion 
talabning kengayishi qisqa muddatli istiqbolda inflyatsiya o`sishiga 
olib kelishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbolda unumdorlik va 
ishlab chiqarish hajmi oshishiga xizmat qiladi. SHu bilan birga, 
ta`kidlash joizki, o`z jamg’armalarini banklarda saqlashni ma`qul 
ko`ruvchi respondentlar ulushi tobora ko`payib bormoqda, bu esa 


135 
bank depozit foiz stavkalari jozibadorligi va aholining bank tizimiga 
ishonchi ortib borayotganini aks ettiradi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin