154
Q
k
– kreditni qaytarish;
F
ks
– vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo`liga qaytib
kelishi (% bilan).
Kreditning mohiyatini malum vaqtdan keyin qaytarib berish va
foiz bilan qaytarish sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu har ikkala
shartdan tashqari, kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat
qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy
iqtisodiy belgilarini hisobga olish zarur.
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Tahlil jarayonida
yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Har qanday iqtisodiy kategoriya o`zining funktsiyalariga ega
bo`lgani kabi kredit ham o`zining bir qator funktsiyalariga ega.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o`rni va ahamiyati bajarayotgan
funktsiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funktsiyasi – bu kreditning
iqtisodiyotdagi faoliyati konkret ravishda namoyon bo`lishidir.
Kreditni tahlil qilishda, funktsiya, uning mohiyati va ahamiyati
o`rtasidagi oraliq bo`g’in sifatida ko`rib chiqiladi.
Kreditning funktsiyalari haqida olimlar o`rtasida yagona izchillik
yo`q.
I. Lavrushinning fikricha, kreditning funktsiyalarini tahlil
qilishda ikkita echilmagan muammo mavjud:
1. Funktsiyani tushunishning uslubiy asoslari.
2. Funktsiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi
munosabatlarga xos funktsiyalar taalluqli:
a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan
munosabati orqali;
b) qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan
munosabati orqali;
v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining
munosabati orqali.
Dostları ilə paylaş: